Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining 6 oktyabr kungi sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boğçalarda kuzatilgan ommaviy zaharlaniş haqida gapirdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

“24 sentabr kuni Piskent, Böka, Oqqörğon hamda Quyi Çirçiq tumanlarida 1922 nafar bola ovqatdan zaharlanişi holati qayd etildi.

Bizlarni öşanda Xudo asradi. Agar vaqtida dori-darmonlar... 5-6 milliardlik dori-darmonlar bormaganda, bilmayman nima bölardi”, – dedi Mirzayev.

“Autsorsing tizimi qonun oldida javob beradi. Qamoqqa olinganlar 11 kişi böldi”, deya qöşimça qildi viloyat rahbari.

Zoyir Mirzayevning fikriça, röy bergan holat uçun Sanepidqömitaning viloyatdagi va tumanlardagi boşliqlarini işdan oliş kerak.

“Hammasini lavozimdan ozod qiliş kerak. Viloyat [boşqarmasi]dan boşlab hammasini”, – dedi u.

Sanepidqöm raisi örinbosari Nurmat Otabekovga köra, zaharlaniş gumoni bilan 1922 nafar boğça tarbiyalanuvçisi tekşiruvdan ötkazilgan va ulardan 963 nafariga ötkir gastroenterit taşxisi qöyilgan. 30 sentabr holatiga, bolalarning deyarli barçasi soğayib uyiga qaytgani, faqat uç nafari davolaş jarayonida aniqlangan oldindan mavjud kasalliklar sababli tibbiy kuzatuv ostida qolgani ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan tuzilgan maxsus işçi guruh haliga qadar dastlabki axborot bergani yöq. 27 sentabr kuni jinoyat işi doirasida ta’minotçi korxonalarning 7 nafar mansabdori qamoqqa olingani xabar qilingandi