Mintaqa davlatlari savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarini Afğonistonda tinçlikka erişiş jarayonlari bilan bir vaqtda olib borişi kerak, deya hisoblaşini bildirdi Özbekiston boş vaziri örinbosari Sardor Umrzoqov.
Taşqi savdo vaziri Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining Toşkent forumi doirasidagi çiqişida şu haqda aytib ötdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Biz şu yil aprelda boşlagan juda qiziq va noyob tajriba haqida aytmoqçiman. Gap şundaki, biz Markaziy va Janubiy Osiyo örtasida temir yöl qurib bitkazilişini kutib ötirmasligimiz kerak, degan qarorga keldik. Şu sabab Özbekistondan Afğoniston orqali ötib Pokistonga çiquvçi multimodal tranzit koridoridan foydalana boşladik.
Yuk taşuvçi maşinalarimiz bu koridor orqali Pokistondan Özbekistonga yetib kelişi uçun 2 kun kifoya qildi. Bu şuni anglatadiki, maqsadimizni amalga oşirsa böladi, biz buni uddalay olamiz va uddalaşimiz ham kerak”, – ta’kidladi hukumat a’zosi.

Sardor Umrzoqov 15 iyul kuni Özbekiston–Pokiston işbilarmon doiralari örtasida keçgan biznes-forumda Pokistondan yuzdan ortiq, Özbekistondan ikki yuzdan ortiq tadbirkor qatnaşgani, ular 500 mln dollardan ziyod qiymatdagi kelişuvlarga erişgani, ötgan oyda şunday biznes-forum Termizda afğonistonlik tadbirkorlar bilan ham xuddi şunday muvaffaqiyatli tarzda bölib ötganini qayd etdi.
“Forum iştirokçilarining barçasi biz özaro savdo aloqalarimizni kengaytiriş böyiça barça imkoniyatlar, jumladan yuk maşinalari, temir yöl va havo transportidan foydalanişimiz kerakligi borasida yakdil fikr bildirdi.
Bu bilan nima demoqçiman? Biz hamjamiyatlar örtasida hamkorlik qilişga katta ehtiyoj bor. Qolaversa, hukumatlar örtasida ham bir-birini tuşuniş darajasi juda yuqori. Davlatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini töldiradi va biz mavjud imkoniyatlardan albatta foydalanişimiz kerak.
Töğri, xavfsizlik – katta masala. Men şu yerdan turib şuni aytmoqçimanki, keça Özbekiston prezidenti Afğoniston prezidenti va Pokiston boş vaziri bilan alohida-alohida uçraşuvlar ötkazdi. Bu uçraşuvlarda xavfsizlik masalasi ham kötarildi. Yakunda uçala tomon ham şu yil fevralda Toşkentda imzolangan “Yöl xaritasi”ni amalga oşirişda davom etiş fikrida qat’iy ekanini tasdiqladi.
Biz kutib ötirişimiz kerak emas. Men Afğonistondagi siyosiy va xavfsizlikka oid masalalar haqida atrofliça töxtalmoqçi emasman, aytmoqçimanki, hammasi hal bölguniga qadar kutib ötirişimiz kerak emas. Savdo-iqtisodiy sohadagi loyihalarimiz Afğonistondagi siyosiy va tinçlikka erişiş jarayonlari bilan parallel ravişda borişi zarur”, – dedi Umrzoqov.















