Qozoğistonda 12 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlaş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda mamlakat sanitar-epidemiologik nazorat qömitasi rahbari Ayjan Yesmagambetova ma'lum qildi.

Yesmagambetovaning aytişiça, Pfizer kompaniyasi bilan 2021 yilning törtinçi çoragida vaksina yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgan.

"Hozirda bolalarni emlaş imkoniyatini körib çiqmoqdamiz, çunki Qozoğistonda 12-18 yoşli bolalar qariyb ikki million nafarni taşkil etadi. Bu köpçilik degani. Afsuski, bolalar tez-tez kasal bölayotganini qayd etmoqdamiz. Oldimizda nafaqat kattalarni, balki bolalarni ham himoya qiliş masalasi turibdi. Bolalarni emlaş faqat ularning ota-onalari yoki vasiylari roziligi bilan amalga oşiriladi", - dedi u.

10 iyul kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2 million doza Pfizer vaksinasi may oyida keltirilişi kerakligi, ammo bu amalga oşmaganini aytgandi.

Avvalroq Qozoğistonda epidemiologik vaziyat yomonlaşayotgani sababli koronavirus tarqalişi yuqori darajada bölgan “qizil” hududlarda karantinni kuçaytirişga qaror qilingandi.