Obod qişloq va obod mahalla dasturlarini amalga oşirişda birinçi navbatda hududlarning resurs imkoniyatlari, aholining turmuş darajasi kabi omillar alohida e'tiborga olinadi.
Dehqonobod tumanining Oqqişloq mahallasi joriy yilda “Obod qişloq” dasturiga kiritildi. Qişloqqa viloyat markazidan bir kunda zörğa yetib boriş mumkin. Olis va egri toğ yöllari yillar davomida hududning rivojlanişiga tösiq bölib kelgan. Odamlarning turmuş tarzini oğirlaştirgan.

Aytiş mumkinki, hudud “Obod qişloq” dasturiga tuşgaç, viloyatning barça xizmat körsatiş tuzilmalari uşbu manzil tomon yordamga bordi. Oqqişloqda “Obod qişloq” dasturini amalga oşiriş uçun “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan modernizatsiya maqsadida 5 ta yangi transformator örnatiş, simyoğoçlarni töliq yangi temir beton ustunlariga almaştiriş, zamonaviy havo kabellarini tortişga kirişildi.


Jumladan, 2 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoği yangidan quriladigan böldi. 6,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini mukammal ta'mirlaş işlari bajarilmoqda. Toqqa qimmatli yuk bölgan qurilmalarni talafotsiz olib çiqiş maxsustrans haydovçilaridan katta tajriba talab qilinadi. Nozik va diqqatni talab etuvçi yukni öz manziliga yetkazişda “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJning mahoratli haydovçilari, avtokrançilari, muhandislari samarali mehnat qilişdi.



Oqqişloqning haqiqiy ma'noda “Obod qişloq” bölişi uçun uning infratuzilmasi yaxşilanişi lozim. “Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJda tuzilgan brigadalardan biri bevosita qişloq odamlariga sifatli elektr energiyasi yetib kelişi uçun uzluksiz iş jarayonlarida iştirok etmoqda. Bu borada qilinayotgan mehnat samarasi ölaroq odamlarning kayfiyatiga kayfiyat qöşilmoqda.
Ma'lumot örnida aytiş mumkin, viloyatda “Obod qişloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan örin olgan 26 ta qişloq va 4 ta mahallada 211 km elektr uzatiş tarmoqlari hamda 40 dona transformator punktlarini yangi quriş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş rejalaştirilgan. Hozirgi kunda 1 633 ta tayanç ustunlar örnatildi. 216,5 km elektr uzatiş tarmoqlari hamda 40 dona transformator punktlari yangi quriş, rekonstruksiya va modernizatsiya qiliş işlari amalga oşirildi.










