Holand, Mbappe, Keyn, Messi. Yozning asosiy transfer sagalari
|14:17 / 17.07.202128 41914 min
Yozgi transferlar doirasida «PSJ» va «Barselona» klublari öz safiga bir neçtadan yangi futbolçi qöşib olişga ulgurdi, qolgan grand jamoalar ham transfer bozorida faol iş olib borişmoqda. Yozning qolgan qismida yana qanday katta transferlar amalga oşişi mumkin?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Erling Holand, 20 yoş Qayerdan: «Borussiya» Dortmund Qayerga: «Barselona», «Real», «Çelsi», «Mançester Siti» Transfer qiymati: 130 mln yevro
Holand kaşf qilinganidan buyon har transferlar oynasida top-klublar nigohida bölib kelmoqda. 2019 yil yozida uşbu norvegiyalik vunderkin yoşlar örtasidagi jahon çempionatining bir öyinida Honduras darvozasiga töqqiz gol urib, tillarda doston bölgandi. Öşanda «Zalsburg» uşbu yoş yulduzni yarim yil öz safida olib qolişga muvaffaq böldi. Bu vaqtda Holand özini körsatiş uçun töliq foydalandi va barça turnirlar doirasidagi 22 öyinda 28 gol urdi, YeÇL guruh bosqiçida 7ta gol urib (şundan biri «Liverpul»ga) yana barçaning e'tiborini öziga qaratdi. Dortmundning «Borussiya» klubi mavsumlar oraliğida, 2020 yil yanvarida ajoyib transferni amalga oşirdi - uşbu istiqbolli forvard atigi 20 million yevroga sotib olindi. Nemislar klubidagi bir yarim yilda Holand 59 öyinda 57 golni raqiblar darvozalariga joyladi va endi uning transfer qiymati 130 million yevrogaça ösgan (transfermarkt.de böyiça) — undan faqat Kilian Mbappe qimmatroq.
Hozirda uni transfer qilişga urinmaydigan jamoalarni sanaş unga da'vogarlarni sanaşdan köra osonroq. Yoş futbolçi şu yil bahorida öz agentlari (otasi Alf-Inge Holand va Mino Rayola avval Ispaniyada, keyin Angliyada bölişgan) bilan Yevropa böylab turne ötkazgandi. Uning xizmatlariga ayniqsa «Real» va «Çelsi» katta qiziqiş bildirmoqda. Sönggi xabarlarga köra, London klubi 175 million yevro taklif qilmoqda.
Erling Holand. Foto: Getty Images
Kilian Mbappe, 22 yoş Qayerdan: «PSJ» Qayerga: «Real» Transfer qiymati: 200 mln yevro
Mbappening narxi şunçalik yuqoriki, unga da'vogar klublar soni bittagaça qisqargan — «Real». 22 yoşli hujumçi parijliklar bilan keyingi yozda tugaydigan şartnomasini uzaytirişga şoşilmayapti, klub rahbariyati esa Mbappeni Madridga qöyib yubormoqçi emas. Payşanba kuni Marca «PSJ» bosslari forvard uçun moliyaviy jihatdan qaytarib bölmas yangi taklif tayyorlayotgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
Işga «PSJ»ning yangi a'zosi Serxio Ramos ham aralaşdi: «Unga Parijda qolişni maslahat beraman. Albatta, men Kilianning kelajagiga aralaşdigan odam emasman, ammo istardimki, u klubda qolsin. Bizga eng yaxşi futbolçilar kerak, Kilian esa ulardan biri, xuddi Neymar kabi. Biz birgalikda möjizaviy işlar qilişga qodirmiz. Şunisi aniqki, «Real»da bölganimda bunday gaplar ayta olmasdim. Ammo men hozir öz jamoam haqida öylaşim kerak va mening jamoam — «PSJ». Tarkibda eng yaxşi ijroçilar bölişini istayman».
Kilian Mbappe. Foto: Getty Images
Harri Keyn, 27 yoş Qayerdan: «Tottenhem» Qayerga: «Mançester Siti», «Çelsi» Transfer qiymati: 120 mln yevro
Angliyalik köp muxlislar uçun Keyn hamon sirli bölib qolmoqda. 27 yoşlilar avlodining eng kuçli hujumçisi hamon «Tottenhem»dan ketmadi (u 2011 yildan beri şu klubda). Uşbu ingliz futbolçisi heç qaçon top-klublar e'tiboridan çetda qolmagan. Angliya grandlari va «Real» köp marta uni sotib olişga uringan, bu transfer nihoyat şu yozda amalga oşadigan körinmoqda — Keyn özi Londondan ketişni istayotgani haqida may oyidayoq ma'lum bölgandi.
Uning eng ehtimoliy manzili — «Mançester Siti». Pep Gvardiola jamoasi markaziy hujumçi qidirmoqda. Ötgan mavsumda jamoa hujum çiziği vakillari navbatma-navbat özlarini bu pozitsiyada sinab körişdi, eng köp golni Ilkay Gundöğan urdi — barça turnirlar doirasida 17 gol. Gabriel Jyezus vaziyatlardan foydalanişda aniqroq harakat qila olmadi, Serxio Aguero esa jarohatlar tufayli deyarli öynamadi. Yakunda argentinalik futbolçi erkin agent maqomida «Barselona»ga yöl oldi. Angliya termasi sardori uçun «Siti» katta mablağ sarflaşiga töğri keladi, uning transfer qiymati transfermarkt.de portalida 120 million yevroga baholangan.
Harri Keyn. Foto: Getty Images
Antuan Grizmann («Barselona») va Saul Niges («Atletiko»)
Qayerga: «Barselona» va «Atletiko» örtasida almaşuv
Grizmanning «Barselona»dagi faoliyati kutilganidek keçmadi. Bir tomondan, fransuz maydonda ikki futbolçi uçun öynaydi va boş murabbiy Ronald Kuman tomonidan ham, klub rahbariyati tomondan ham uning özini klubga bağişlaşiga e'tiroz bölişi mumkin emas. Boşqa tomondan, Grizmann — 120 million yevro evaziga xarid qilingan hujumçi, ammo u 99 öyinda 35 gol urdi. «Barselona»da uning maydondagi pozitsiyasi tez-tez özgardi, fransuzni jamoaviy muvaffaqiyat uçun qurbon qilişdi, ammo Grizmann baribir özi uçun variantlar yaratib gollar urdi. Kataloniyaliklar endi Leo Messi bilan şartnomani yangilaşi uçun maoşlar vedomostini yengillatişi kerak bölmoqda va bu safar ham Grizmann qurbonlikka keltirilmoqda.
Deyarli hal qilingan variant — uni «Atletiko»ga qaytariş va evaziga Saul Nigesni oliş.Madridliklar «Udineze» yarimhimoyaçisi Rodrigo De Paul bilan tarkibni kuçaytirişdi va köp yillardan buyon jamoada maydon markazida töp surib kelgan yetakçisi bilan xayrlaşişga tayyor. Klublarning rejasiga köra, «matrasçilar» kataloniyaliklarga transfer doirasida 15 million yevro tölab berişi kerak. Grizmann sobiq klubida yana avvalgi darajada öynay boşlaşi, Saul esa klubdagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin faoliyatini boşqa bir top-klubda qayta tiklaşga urinib körişi mumkin.
Töğri, la liga rahbariyati hozirda uşbu transfer reglamentga qançalar mos ravişda bölişiga qiziqib qolgan va tekşiruvlar boşlagan.
Saul Niges va Antuan Grizmann va. Foto: Getty Images
Lionel Messi, 34 yoş Qayerdan: «Barselona» Qayerga: «Barselona» Transfer qiymati: erkin agent
Argentinalik futbolçi hamon erkin agent maqomida qolmoqda. Lekin u «Barselona» bilan şartnomani yangilaşiga şubha yöq. Çorşanba kuni Yevropaning eng taniqli insayderlari — Fabritsio Romanodan tortib Gilem Balagegaça — klub va futbolçi beş yillik yangi şartnoma böyiça kelişuvga erişgani haqida xabar tarqatişdi. Ma'lumotlarga köra, Messi klubda qoliş uçun maoşi ikki barobar qisqarişiga rozi bölgan.
Boşqa tomondan, tomonlar «kelişuvga erişgani va erta-indin şartnoma imzolanişi» haqidagi xabarlarning yangi seriyasi har oyda çiqadi, ammo hozirgaça rasmiy kelişuv sodir bölmadi. Umuman, «Barselona» yangi şartnoma tuzişi uçun avval tölovlar vedomosti masalasini hal etişi kerak, şundan keyingina la liga klubning yangi futbolçilarining şartnomalarini röyxatdan ötkazadi. Şunday ekan, popkornlarni yiğiştirişga hali erta.
Lionel Messi. Foto: Getty Images
Eduardu Kamavinga, 18 yoş Qayerdan: «Renn» Qayerga: «Mançester Yunayted», «PSJ», «Real» Transfer qiymati: 55 million yevro
Bir yil muqaddam «Renn» öz vunderkindi Eduardu Kamavingani saqlab qola olgandi, ammo endi bu iş qiyinroq. Ötgan mavsumda uşbu 18 yoşli yarimhimoyaçi Çempionlar ligasida öynadi va Fransiya termasida debyut qildi. Futbolçining klubi bilan şartnomasi 2022 yil yoziga qadar amal qiladi va «Renn» agar hozir şartnomani yangilamasa yoki uni kattaroq pulga sotmasa, keyingi yil tekinga qöyib yuborişi kerak böladi.
Kamavingaga «PSJ» va «Real» klublari avvaldan qiziqib kelişmoqda, ammo «Mançester Yunayted» hozirça muzokaralarda faolroq. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga köra, «Renn» futbolçisini Angliyaga 30 million yevroga ham qöyib yuborişga rozi.
Eduardu Kamavinga. Foto: AFP
Manuel Lokatelli, 23 yoş Qayerdan: «Sassuolo» Qayerga: «Yuventus», «Borussiya» D, «Arsenal» Transfer qiymati: 35 million yevro
Lokatelli Italiya safidagi öyinlari bilan Yevro-2020 kaşfiyotlaridan biri böldi. «Sassuolo» yarimhimoyaçisi guruh öyinlarida jarohat tufayli öynay olmagan Marko Verrattining yöqligini bilintirmadi, Şveytsariya darvozasiga ikki gol urdi (3:0).
Italiyada Lokatellining talanti haqida avvaldan bilişadi. Havbek katta futboldagi faoliyatini 18 yoşida «Milan»da boşlagan, ammo köp vaqt ötmay «rossoneri»lar undan voz keçişgan, u esa «Sassuolo»da faoliyatini tiklagan va hozirda jamoa sardoriga aylangan. 23 yoşli futbolçiga «Borussiya» D va «Arsenal» ham qiziqayotgandi, ammo «Yuventus» ularni ortda qoldirdi. Turinliklar Lokatelli bilan beş yillik şartnoma böyiça kelişuvga erişgan, uning yillik maoşi miqdori uç million yevroga teng böladi. «Sassuolo» öz yetakçisi uçun 40 million yevro olmoqçi.
Manuel Lokatelli. Foto: Getty Images
Rafael Varan, 28 yoş Qayerdan: «Real» Qayerga: «Mançester Yunayted» Transfer qiymati: 70 million yevro
Jahon çempioni va Çempionlar ligasining tört karra ğolibi Varan 10 yillik faoliyatidan keyin «Real»ni tark etmoqda. Fransuz futbolçisining şartnomasi muddati keyingi yil yozida tugaydi, ammo tomonlar şartnomani yangilaş ustida işlaşmayapti, uning ketiş qarorini özini Madridga olib kelgan fransiyalik murabbiy Zinedin Zidanning ketgani ham mustahkamlagan. Qaymoqranglilar esa futbolçini şu yozda sotmasa, keyingi yili tekinga qöyib yuborişiga töğri keladi.
Himoyaçi uçun birinçilardan bölib «Mançester Yunayted» da'vogar bölib çiqqan. Inglizlar klub transfer uçun 50 million yevro tölab, Varanning öziga yiliga 12 million yevro miqdorida maoş közda tutilgan beş yillik şartnoma taklif etmoqçi. Madridliklar esa transferdan kamida 60 million yevro işlaşni niyat qilgan.
Rafael Varan. Foto: Getty Images
Renatu Sançeş, 23 yoş Qayerdan: «Lill» Qayerga: «Bavariya», «Barselona», «Liverpul» Transfer qiymati: 30 million yevro
Yevro-2016dan Yevro-2020gaça beş yil ötdi, ammo Renatu Sançeşning faoliyatida heç narsa özgarmagandek. 2016 yilda 18 yoşda bölgan portugaliyalik turnirning eng yaxşi yoş futbolçisi bölib «Bavariya»ga yöl olgandi. Ammo u myunxenliklar klubidagi raqobatni yenga olmadi, «Suonsi»ga ijara ham öxşamadi. Yordamga «Lill» keldi. Fransiyada Sançeş öziga keldi va ötgan mavsumda «Lill»ga «PSJ»dan çempionlik titulini olib qöyişda yordam berdi.
Yevro-2020da Sançeş Portugaliya termasi safida yorqin öyin körsatdi va endi uşbu 23 yoşli futbolçi atrofidagi vaziyatni «Barselona», «Liverpul» va yana «Bavariya» kuzatmoqda. Germaniya çempionlarida Sançeşni 30 million yevroga qaytarib sotib oliş huquqi bor va şu tufayli ular uşbu futbolçi uçun kuraşda eng qulay vaziyat hosil qilişgan.
Renatu Sançeş. Foto: Getty Images
Duşan Vlaxoviç, 21 yoş Qayerdan: «Fiorentina» Qayerga: «Yuventus», «Liverpul», «Tottenhem» Transfer qiymati: 40 million yevro
«Fiorentina»da mavsumni işonçsiz boşlagan (A Seriyaning 11 turida atigi 1 gol) Vlahoviç uni töpurarlar röyxatida 4-örinda yakunladi (37 öyinda 21 gol) va çempionatning eng yaxşi yoş futbolçisi böldi. Endi uşbu serbiyalik köplab top-klub e'tiboriga tuşgan. 21 yoşli hujumçini «Yuventus», «Liverpul» va «Tottenhem» kabi klublar öz safida körişni istamoqda.
Bu boradagi miş-mişlarni «Fiorentina» boş direktori Jo Barone quyidagi sözlari bilan bosdi-bosdi qilmoqçi böldi: «Vlaxoviç — «Fiorentina» futbolçisi. Futbolçining şartnomasi yana ikki yil amal qiladi, hozir biz uning agenti bilan yangi kelişuv böyiça muzokaralar ötkazmoqdamiz». Ammo uning urinişlari befoyda.
La Gazzetta dello Sport xabariga köra, klub rahbariyati futbolçi bilan şartnomani 2025 yilgaça uzaytirib, uning yillik maoşini 2 million yevroga kötariş böyiça taklif bergan, ammo futbolçi bu şartlarga könmagan, uning agenti esa boşqa klubga transfer ustida işlamoqda.
Şartnomani uzaytiriş haqidagi gaplar, katta ehtimol bilan uning transfer narxini oşirişga uriniş hisoblanadi. Bunday darajadagi talantli futbolçini Florensiyada uşlab qolişning imkoni bölmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi