17 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maxsus komissiya qaroriga köra:
- 2021 yil 1 sentyabrgaça 18 yoşdan katta bölgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarşi 1-doza vaksinalari;
- 1 oktyabrgaça 2-doza vaksinalari;
- 1 noyabrgaça 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanişi (salomatligi böyiça qarşi körsatma bölgan hollar bundan mustasno) şartligi belgilandi.
Ular quyidagilar:
— aholi bilan muloqotga kiruvçi barça turdagi xizmat körsatiş obektlarining (davlat xizmatlari markazlari, poçta bölinmalari, banklar, lizing taşkilotlari, notariuslar, suğurta kompaniyalari, gözallik salonlari, sartaroşxonalar va boşqalarning) xodimlari;
— barça turdagi savdo obektlarining (oziq-ovqat, xöjalik mollari, kiyim-keçak dökonlarining, dorixonalarning va boşqalarning) xodimlari;
— sport maktablarining hamda sport inşootlarining xodimlari;
— madaniy hamda köngiloçar obektlarning va dam oliş maskanlarining xodimlari;
— mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning işçi-xodimlari;
— yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi davlat va nodavlat taşkilotlarning xodimlari;
— davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining xodimlari;
— harbiy xizmatçilar;
— umumiy ovqatlaniş korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylaşgan tezkor ovqatlaniş şoxobçalarining, çoyxonalar, töyxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, şu jumladan, mahsulotlarni yetkazib beriş bilan şuğullanuvçilar;
— barça turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obektlarning xodimlari;
— kommunal xizmat sohasi xodimlari;
— aloqa va telekommunikatsiya obektlarining xodimlari;













