Yanvar-iyun oylarida davlat budjeti daromadlari 74,9 trln sömni taşkil qildi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trln sömga köpaydi. Bunda deyarli barça soliq tuşumlarida ösiş kuzatildi.
Moliya vazirligi davlat budjetining 1-yarim yillik daromadlari böyiça hisobotni taqdim etdi.
Bevosita soliqlar böyiça daromadlar özgarişi
2021 yilning I yarmida foyda soliği böyiça tuşumlar 18,6 trln söm böldi va daromadlar ötgan yilning mos davriga qaraganda 6,8 trln sömga oşdi.
Foyda soliği tuşumlarining 12,6 trln sömi (67,8 foizi) oltin va mis qazib oluvçi korxonalar hissasiga töğri keldi.

Ötgan yarim yilda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tuşumlari 8,8 trln sömni (ösiş 1,5 trln söm), jumladan iş beruvçilar tomonidan tölov manbayida uşlab qolinadigan soliq 8,1 trln sömni taşkil etdi.
Aylanmadan olinadigan soliq tuşumlari esa 932,4 mlrd söm böldi va va ötgan yilning mos davriga nisbatan 302,7 mlrd sömga köpaydi.
Bilvosita soliqlar böyiça daromadlar özgarişi
Ötgan 6 oy davomida davlat budjetiga qöşilgan qiymat soliğidan 16,8 trln söm kelib tuşdi. Bu 2020 yilning mos davridan 2,5 trln sömga köp degani.
Xususan, soliq organlari nazoratidagi QQS tuşumlari 12,2 trln söm böldi yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga oşdi. Bunda daromadlar neft-gaz tarmoği (14,1 foiz), elektr energiyasi işlab çiqaruvçilari (8,3 foiz), mobil aloqa operatorlari (3,9 foiz), avtomobil sanoati (2,5 foiz), tamaki mahsulotlari işlab çiqaruvçilari (1,6 foiz) sohalari hissasiga töğri keldi.

Şuningdek, bojxona organlari tomonidan undiriladigan QQS 12,2 trln sömni taşkil etdi yoki ötgan yilning mos davriga qaraganda 55,5 foizga ösdi.
Tuşumlarning asosiy qismi:
- avtomobil va ehtiyot qismlar (87-tovar guruhi) böyiça 1,4 trln söm;













