«Karantin-reyd» tadbiri davomida şu kungaça 169 ta holatda yuridik şaxslarga, hamda 43 ming nafardan ziyod niqobsiz fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Bu haqda Farğona viloyati IIB axborot xizmati xabar  bermoqda.

Tadbir davomida asosiy e'tibor: bozorlarda çeklovlarga rioya qiliş, köngiloçar obektlar — restoran, tungi klublar, diskoteka, diskoteka karaoke, bilyard zallari, kompyuter öyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlaniş obektlari — kafe, oşxona, çoyxonalarni 20:00 dan keyin iş vaqtini tugatilişi ta'minlanişiga qaratilgan.

Tadbir boşidan buyon 169 ta holatda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlari, umumiy ovqatlaniş joylari rahbarlari va boşqa yuridik şaxslarga nisbatan hamda 43 ming nafardan ziyod niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Avvalroq, 1 hafta içida 153 nafar haydovçiga spirtli içimlik iste'mol qilgan holda avtoulov boşqargani uçun bayonnoma rasmiylaştirilgani haqida xabar berilgan edi.