26 iyun kuni Olmazor tumanidagi “Töxtaboy” masjidida Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi Abror Muxtor Ali va bloger Fozilxöja Orifxöjayev örtasida nizo kelib çiqqan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda F.Orifxöjayev masjidda ma’ruza qilayotgan Abror Muxtor Aliga qarşi fikrlar bildirgani, masjid jamoati unga qarşilik qilgani, Abror Muxtor Ali esa uni gapirişga qöyib berişlarini söragani aks etgan.

Şundan söng fuqarolardan kelib tuşgan xabar asosida Olmazor tumani IIO FMB tomonidan tekşiruv ötkazilgan va töplangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Olmazor sudi Fozilxöja Orifxöjayevni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida (“Mayda bezorilik”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Toşkent şahar sudi matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotga köra, fuqaro Fozilxöja Orifxöjayev “Töxtaboy” masjidida böla turib, Abror Muxtor Alini “munofiqsan” deb haqorat qilgan va baland ovozda baqir-çaqir qilib, jamoat tartibini hamda şu yerda bölgan fuqarolarning osoyiştaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan. U sud majlisida aybiga iqrorligini bildirgan.

Poytaxt IIBB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, tekşiruv jarayonida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga Fozilxöjaning telefonida şubhali diniy mazmundagi materiallar mavjudligi va ularni boşqa fuqarolarga namoyiş etgani haqida xabar kelib tuşgan. Materiallarning xususiyatiga aniqlik kiritiş uçun uning telefoni protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan va dinşunoslik ekspertizasi tayinlangan.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasiga köra, Fozilxöja Orifxöjayevning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Fozilxöja Arifxodjayev” nomli profiliga joylaştirilgan ayrim materiallar diniy aqidaparastlikni tarğib qiluvçi materiallar sirasiga kirişligi aniqlangan. Ularni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş taqiqlanadi”, – deyiladi IIBB axborotida.

Hozirda holat böyiça Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Fozilxöja Orifxöjayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (“Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov olib borilmoqda.