7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Fozilxöja Orifxöjayev muddatidan oldin ozodlikka çiqdi. Bu haqda 6 dekabr kuni Özbekiston «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bloger Navoiy viloyatidagi koloniyadan «şartli ravişda» ozod qilingan. 

Turli ma’lumotlarga köra, uning 7,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi maoşining bir qismi davlat foydasiga uşlab qolingan holda şartli jazo bilan almaştirilgan. U probatsiya xizmati xodimlari nazoratida böladi.

2022 yil 26 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudida sudlanuvçi Fozilxöja Orifxöjayevga nisbatan sud hukmi öqilgandi. Unga köra, Fozilxöja Orifxöjayev Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

2021 yil 26 iyun kuni Olmazor tumanidagi «Töxtaboy» masjidida Abror Abduazimov (Abror Muxtor Ali) va bloger Fozilxöja Orifxöjayev örtasida nizo kelib çiqqandi.

Şundan söng, fuqarolardan kelib tuşgan xabar asosida Olmazor tumani IIO FMB tomonidan tekşiruv ötkazilgan va töplangan hujjatlar sudga taqdim etilgan. Şunga asosan işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudi Fozilxöja Orifxöjayevni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Keyinroq poytaxt IIBB axborot xizmati tekşiruv jarayonida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga Fozilxöjaning telefonida şubhali diniy mazmundagi materiallar mavjudligi va ularni boşqa fuqarolarga namoyiş etgani haqida xabar kelib tuşganini, materiallarning xususiyatiga aniqlik kiritiş uçun uning telefoni protsessual tartibda rasmiylaştirib olingani va dinşunoslik ekspertizasi tayinlanganini, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça Qömitaning xulosasiga köra, blogerning Facebook'dagi profiliga joylaştirilgan ayrim materiallar diniy aqidaparastlikni tarğib qiluvçi materiallar sirasiga kirişi aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Uşbu holat böyiça Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Fozilxöja Orifxöjayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) alomatlari bilan jinoyat işi