AQŞning Toşkentdagi elçisi Deniyel Rozenblyum 16 may kuni Toşkentda ötgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida Özbekistondagi diniy erkinlik holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Rozenblyum forum oçilişidagi nutqida Özbekistonda diniy erkinlikni ta’minlaş böyiça ijobiy özgarişlar bilan birga, ayrim muammolar ham borligini aytgan.

“Albatta, AQŞda ham dinlararo munosabatlarni tartibga solişda kamçiliklar bor. Ammo hozir Özbekistondagi vaziyat böyiça töxtalib ötmoqçiman. Mamlakatda sönggi 5 yilda diniy sohada köp islohotlar qilindi. Ularni e’tirof etiş kerak. Misol uçun, respublikaning maxsus diniy çeklovlar mavjud davlatlar xalqaro röyxatidan olib taşlangani katta natijalardan biri. Köplab diniy va siyosiy mahbuslar ozod qilingani, kiçik diniy guruhlarga reydlar olib boriş töxtatilgani yaxşi körsatkiç. AQŞ bu işlarni qöllab-quvvatlaydi.

Biroq Özbekistonda eski davrlarni aks ettiruvçi muammolar ham borligi odamni taşvişga soladi. Masalan, fuqarolarni ekstremistik materiallar saqlagani uçun qamaş masalasi. Yaqinda bloger Fozilxöja Orifxöjayev şunday ayblov bilan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Insonlarda öz dinlariga erkin rioya qiliş imkoniyati bölişi kerak.

Yana bir muammo – diniy taşkilotni röyxatga olişda tösiqlar mavjudligi va jarayon öta murakkabligi. Bu xalqaro qonunlarga zid keladi.

Şuningdek, politsiya tomonidan soqol qöyganlar soqolini majburlab olib taşlanişi muammosi. Bu boradagi harakatlardan Amerika xursand emas. Men sözlarimni döst sifatida aytyapman. Töğri, mamlakatda 2016 yildan beri köp islohotlar qilindi. Lekin ba’zi narsalar orqaga ketayotgandek tuyulmoqda. Biz yanada inklyuziv jamiyat sari intilişimiz kerak”, – degan AQŞ elçisi.

Eslatib ötamiz, may oyi boşida Toşkentda önlab erkaklar IIB binosiga olib kelinib, ularning soqoli olindi. Içki işlar vazirligi Kun.uz savoliga javoban buni “jamoat xavfsizligini ta’minlaş jarayonida ötkaziladigan tezkor-profilaktik tadbirlar” deb atadi va ularni “diniy e’tiqod bilan boğlaş mutlaqo notöğri” ekanini uqtirdi. Vazirlik, şuningdek, fuqaro huquqi poymol etilgan deb hisoblasa, tegişli joyga şikoyat qilişi mumkinligini bildirdi.