Ma'lum qilinişiça, «Domodedovo – Samarqand» yönalişi bilan Moskvadan uçib kelgan yölovçi N. D.ning xatti-harakatlari bojxona xodimlari e'tiborini tortgan. Uning qöl va bagaj sumkalari belgilangan tartibda tekşirilganda, bojxona nazoratidan yaşirilgan va jismoniy şaxslar tomonidan bojsiz olib ötiş me'yoridan ortiq bölgan umumiy qiymati 46 million sömga teng bölgan 123,3 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Şuningdek, yana bir holatda «Istanbul – Samarqand» yönalişi bilan uçib kelgan yölovçi A. D.ning qöl yuklari bojxona nazoratidan ötkazilganda, yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va öziga tegişli bölmagan qiymati 20 million sömlik 48,96 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, har ikkala holat böyiça bojxonaçilar tomonidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, hozirda tergov harakatlari olib bortlmoqda.










