Aviakompaniyalar bir qator körsatkiçlar, jumladan yölovçilarning aviakompaniya haqidagi fikri, aviakompaniya taklif qiluvçi xizmatlar turfaligi, havo parki yoşi, pandemiya vaqtida körilayotgan çoralar böyiça baholangan.

AirlineRatings.com mutaxassislari joriy yilda Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasini eng yaxşi aviakompaniya deb topişgan. U reytingning köp yillik yetakçisi Air New Zealand’ni 2-öringa tuşirib yuborgan.

Qatar aviakompaniyasining yölovçilar uçun yangi mahsulotlar kiritgani, parvoz vaqtida yuqori sifatli xizmat körsatişi, innovatsionligi hamda pandemiya vaqtida ham parvozlarni töxtatmaslikka harakat qilgani yuqori baholangan.

Yetakçi öntalikdan Airlines, Qantas, Emirates, Cathay Pacific, Virgin Atlantic, United Airlines, EVA Air, British Airways ham örin olgan.

Jumladan, Qantas aeroportlarda eng yaxşi dam oliş xonalariga ega aviakompaniya, Singapore Airlines 1-sinfda eng yaxşi xizmat körsatuvçi aviakompaniya, Virgin Australia esa eng yaxşi ekipajga ega aviakompaniya deb topilgan.

Şuningdek, Yevropa, Osiyo-Tinç okeani hamda Şimoliy va Janubiy Amerikaning eng yaxşi budjet aviakompaniyalari ma'lum qilingan. Bunga mos ravişda EasyJet, Jetstar va Southwest sazovor bölgan.