Yarim soatdagi het-trik

D guruhi
Braziliya — Germaniya — 4:2
Gollar: 1:0 – 7 Rişarlison, 2:0 – 22 Rişarlison, 3:0 – 30 Rişarlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90 Paulino.
Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulino, 74), Mateus Kunya, Rişarlison (Reyner, 74), Klaudino (Malkom, 65).
Germaniya U-23 – Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Ştax (Şlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayyer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).
Ogohlantirişlar: Piper (26), Arnold (35), Ştax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).
Çetlatiş: Arnold (63).

Futbol böyiça olimpiya turnirlari ham muxlislarning e'tiborini öziga qaratib kelmoqda va ayniqsa sönggi ön yilliklardagi bir neça final öyinlari yodda qolarli bölgan. 1996 yilda Nigeriya Argentinaga qarşi aql bovar qilmas öyin yakunida kutilmagan ğalabaga erişgan (3:2) yoki 2000 yilda Kamerun Ispaniyaga qarşi durangdan (2:2) keyin penaltilar seriyasida omadli bölib çiqqan. Seuldagi olimpiadadan keyin (SSSR triumfi) futbolçilarning yoşi pasaytirilgani turnir nufuziga ta'sir körsatmay qolmagan, ammo turnirdagi jamoalar soni kamligi (16) undagi intrigani ta'minlaydi.

Bu yerda jahon yoki Yevropa çempionatlaridagi kabi gigantomaniya yöq, şunday ekan beş yil muqaddam «Marakana»da Olimpiya oltini uçun kuraşgan Braziliya va Germaniya birinçi turdayoq töqnaş kelişi mumkin. Ammo öşanda nemislar yölidan çiqqan istalgan raqibni yakson etib ötgan bölsa, bu safar köplab klublar öz futbolçilarini Yaponiyaga qöyib yuborişni istamadi. Şunday ekan, Ştefan Kuns boşçiligidagi Germaniyaning öyiniga xolis baho beriş qiyin.

Virs, Nmeça, Baku — iyun oyi boşida yoşlar örtasidagi Yevropa çempionatida ğolib çiqqan bu yulduzlarning heç biri Yaponiyaga kelmadi. Yevropa triumfatorlari bölgan jamoadan yetti futbolçi zayavkaga kiritilgan bölsa-da, Kuns kerakli qöllab-quvvatlov bölmagan klublar manziliga e'tirozlarini bildirdi. «Öylaymanki, futbolçilar jamoaviy ruh individual sifatlardan muhimroq ekanini tuşunişadi», — deya qayd etdi mutaxassis.

Ikkinçi bölim şuni körsatdiki, Arnold çetlatilgaç bir kişi kam bölib qolganda ham Germaniya oxirigaça kuraşadigan va katta salohiyatga ega jamoa. Kuns jamoasida xarakter asosiy fişkalardan, ammo 38 yoşli Dani Alves yetakçiligidagi Braziliyaga qarşi nemislar ojiz qolişdi. «Selesao»da faqat ispanlar raqobat qila olişi mumkin bölgan tarkib jamlangan. Asosiy yulduz esa şubhasiz Rişarlison. «Everton» hujumçisi Amerika kubogi finalidagi mağlubiyat örnini töldirişga va öz yelkasidagi 10-raqamni oqlaşga qattiq ahd qilgan.