Foto: Karimov Foundation
Foto: Karimov Foundation

Sud hukmiga köra, oqlangan sobiq 5 nafar bojxona xodimlari 16 fevral voqealarining asosiy ijroçilari emas deb topilgan. Ular 1999 yilda öz xizmat vazifasi yuzasidan bajarişi lozim yoki mumkin bölgan harakatlarni qasddan bajarmagani ayblovi bilan JKning 208-moddasi bilan jazoga tortilgan edi.

Sudlov hay'atining oqlov hukmiga köra, Toşkent viloyati Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi Kamolov Yolqin Tölaganoviç, Xöjayev Muhammadzohir Nabiyeviç, Yunusov Ibrohim Şavkatoviç, Begmatov Baxtiyor Nabijonoviç va Böriyev Iskandar Tojiboyeviçga nisbatan sud hukmi bekor qilinib, ular Jinoyat kodeksining 208-moddasi böyiça aybsiz deb topildi.

Iş böyiça ularning qilmişlarida jinoyat alomati mavjud bölmagani sabab JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi va jinoyat işining ularga oid qismi harakatdan tugatildi.

Oqlangan sobiq bojxonaçilar haqida ma'lumot:

Kamolov Yolqin Tölaganoviç. 1968 yil Toşkent şahrida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston fuqarosi, ma'lumoti oliy, oilali, «Ğişt köprik» bojxona maskanida boş nozir bölib işlagan.

Xöjayev Muhammadzohir Nabiyeviç. 1973 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston fuqarosi, ma'lumoti oliy, oilali, «Ğişt köprik» bojxona maskanida nozir bölib işlagan.

Yunusov Ibrohim Şavkatoviç. 1970 yil Toşkent viloyatida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston fuqarosi, ma'lumoti oliy, oilali, «Ğişt köprik» bojxona maskanida nozir bölib işlagan.

Begmatov Baxtiyor Nabijonoviç. 1974 yil Toşkent şahrida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston fuqarosi, ma'lumoti oliy, oilali, «Ğişt köprik» bojxona maskanida nozir bölib işlagan.