Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil birinchi marta BAAga elchi tayinladi
Isroil birinchi marta Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisini tayinladi. Ushbu lavozimni Amir Xayyek egalladi.
Ayni vaqtda ushbu lavozimni vaqtincha Eytan Nae egallab kelmoqda.
Hozirda Xayyek Isroil mehmonxonalar uyushmasi prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. Avval u sanoat, savdo va mehnat vaziri lavozimini egallagan.
“Iqtisodiyot va turizm sohalarida katta tajriba va bilimlarga ega Amir Xayyek Isroil va BAA o‘rtasida ko‘prik o‘rnatishga qodir inson hisoblanadi. O‘zaro elchixonalar ochilgandan keyin BAAda birinchi elchini tayinlash vaqti keldi”, deb aytgan Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid.
2020 yil sentyabrda AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining harakatlari bilan Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi.
Mavzuga oid
20:25
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026