Nisiya oltin medalni qo‘lga kiritgan kunida 13 yoshu 330 kunlik bo‘lib, yozgi Olimpiadaning eng yosh g‘oliblari ro‘yxatida 2-o‘rinda qayd etildi.

Bu boradagi rekord amerikalik Marjori Gestringga tegishli bo‘lib, u 1936 yilgi Berlindagi Olimpiadada suvga sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritganida 13 yoshu 268 kunlik bo‘lgan.

Qayd etish joiz, skeytbording sport turi ilk marta Tokio Olimpiadasida alohida musobaqa sifatida o‘tkazilmoqda. E'tiborlisi, 2-o‘rinni egallagan braziliyalik Rayssa Lil ham 13 yoshda, 3-o‘rindagi yaponiyalik Nakayami esa 16 yoshda.