Germaniyaning Leverkuzen şahridagi Bayer zavodida kuçli portlaş sodir böldi. Bu haqda WDR teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
Xabarga köra, portlaş tong saharda yuz bergan.
Mahalliy aholi eşik va derazalarni mahkam yopiş hamda köçaga çiqmaslik haqida ogohlantirilgan. Politsiya zavod atrofidagi yöllarni yopib qöygan.
Reuters agentligining yozişiça, portlaş zavodning çiqindilar yoqiladigan hududida sodir bölgan.
Politsiyaning xabar berişiça, bir neça kişi jarohatlangan.
Chempark — Yevropadagi eng yirik kimyo texnoparklaridan biri. Bu yerda Bayer bilan birga yana 70ga yaqin tadqiqot va işlab çiqariş kompaniyalari faoliyat yuritadi.












