Nyu-Yorkda sentyabrdan boşlab barça munitsipal xizmatlar xodimlari koronavirusga qarşi majburiy emlanadi. Bu haqda Nyu-York soğliqni saqlaş masalalari böyiça vakili Deyv Çokşi ma'lum qildi.

"Biz COVID-19dan himoyalaniş böyiça talablar joriy etdik. 2 avgustdan boşlab tibbiyot xodimlari emlangani töğrisida yoki har haftalik salbiy test natijasi haqida hujjat taqdim etişi şart", – dedi Çokşi.

Uning qöşimça qilişiça, sentyabrdan bu talab barça munitsipal xizmatlar xodimlariga taalluqli böladi.

Şahar meri Bill de Blazioning aniqlik kiritişiça, majburiy emlaş qoidasi 13 sentyabrdan kuçga kiradi. Qoida jumladan, politsiyaçilar, öt öçiruvçilar va öqituvçilarga tegişli böladi.

Associated Press agentligining qayd etişiça, Nyu-Yorkda aholining 59 foizi koronavirusga qarşi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.

Nyu-York ştatida koronavirus yuqtirganlar soni 2 milliondan ortiq bölib, 54 mingdan ortiq bemor vafot etgan.