Samarqand şahar Şohizinda köçasida sodir bölgan yonğinda 5 ta xonadonning tom qismi va jihozlari yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun 26 iyul kuni soat 14:58larda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Samarqand şahar Şohizinda köçasidagi 242-uyda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar tuşgan. Olingan xabarga asosan hodisa yuz berayotgan joyga 5 ta yonğinga qarşi bölinma jalb etilgan.

Qayd etilişiça, yonğin sodir bölayotgan xonadonga birinçi bölinma soat 15:04 da yetib borgan. Kuçli şamol natijasida yonğin tezda katta maydonga tarqalgan. FVB bölinmalari yetib borganda 5 ta xonadonning taxminan 200 metr kvadrat maydonida şift va tom qismi hamda uy jihozlari yonayotgan bölgan.

Tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 15:39 da örab olinib, 17:00 da öçirilgan. Ta'kidlanişiça, hodisa oqibatida heç kim jarohat olmagan. Hozirda yonğinning sababi va zarari aniqlanmoqda.