Pandemiya tufayli jahonda yarimötkazgiçlar tanqisligi yuzaga çiqqaç, Özbekistonda ham avtomobil işlab çiqariş hajmi tuşib ketdi. Natijada yangi avtomobillar yetişmovçiligi kuzatilmoqda.

Ayni paytda, masalan, Lacetti avtomobili uçun tölov qilib, maşinasi çiqişini kutayotganlar soni 25 mingdan oşgan. Yana 7,6 mingga yaqin kişi Cobalt avtomobili uçun navbatda turibdi.

Kun.uz'ga ma'lum bölişiça, 1 fevraldan buyon Spark, Nexia-3 va Cobalt avtomobillarining mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan varianti uçun şartnomalar tuzilmayapti.

Yangi avtomobil tanqisligi şaroitida maşina uçun tölov qilib, öz navbatini sotayotgan fuqarolar paydo bölgan. UzAuto Motors kompaniyasi şu kabi holatlarga qarşi kuraş boşlaganini ma'lum qildi.

“Yaqinda sotuv tizimi yordamida bir şaxs tomonidan avtomobillarni sotib oliş uçun 10, 20 va hattoki, 200 ta kelişuv şartnomalarining tuzilganlik holatlari aniqlandi. Örganişlar şuni körsatdiki, uşbu şaxslar yuzaga kelgan holatni öz biznesiga aylantirib, qöyilgan navbatini kutişni xohlamaydigan şaxslarga öz navbatini imtiyozli beriş maqsadida şartnomalar tuzişadi”, – deyiladi kompaniya axborotida.

UzAuto Motors bunga çek qöyiş uçun öz savdo ma'lumotlar bazasini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining yangi avtomobillarni röyxatdan ötkaziş bazasi bilan sinxronlaştirişni taklif etdi.

Ta'kidlanişiça, bu loyihada Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, DYHX va AKT vazirligi ham qatnaşadi.

Agentlik bu loyiha tasdiqlanganini xabar qildi. Unga köra, endilikda “UzAuto Motors” AJning dilerlik korxonalari tomonidan mijozlarga rasmiylaştirilib berilayotgan hisob-ma'lumotnomalar IIV YHXBBda haqiqatda şartnoma tuzgan şaxs nomiga rasmiylaştirilişi lozim.

Ikki axborot tizimi örtasida ma'lumotlar almaşuvi dastlab tajriba tariqasida Toşkent şahrida, keyinçalik Respublika miqyosida joriy etiladi.

Ma'lumot uçun, avtomobil sotib oliş jarayonida tamagirlik yoki korrupsiyaning boşqa turlari bilan töqnaş kelgan fuqarolar UzAuto Motors koll-markazi (78 141-77-77) yoki Boş prokuraturaning 10-07 qisqa raqamiga murojaat qilişi mumkin.