Ikkilamçi bozordagi avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştiriş nega bunça qimmat?
|13:29 / 12.05.2021105 3759 min
Özbekistonda avtomobil – şunçaki texnika vositasi emas. Oddiy maişiy matoh salkam muvaffaqiyat belgisiga aylangan. Sababi hammaga ma'lum – monopoliya. Ammo bugun monopoliya haqida emas, ikkilamçi bozordan avtomobil xarid qilgandan keyingi öta qimmat rasmiyatçilik, xususan «gendoverennost» haqida söz yuritmoqçimiz.
Avtomobilga zörğa pul yiğib, yangi emas, minilgan maşinani bir amallab sotib olgan minglab hamyurtlarimiz öz mulkiga özi rasman egalik qilolmay, ulovni avvalgi egasining nomida qoldirib, işonçnoma orqali haydab yurişni ma'qul körişmoqda.
Bu – adolatsiz propiska tizimi amal qilgan davrda fuqaro uyini nomiga ötkazolmay, öz uyida özi ijara şartnomasi asosida yaşab yurgan kulgili holga öxşaydi.
Ikkilamçi bozordan avtomobil xarid qilganda uni xaridor nomiga rasmiylaştirişdagi bunday qimmat tölovlar moddiy tomondan kamtarroq fuqarolarni yuqori tavakkalçilik hisoblangan işonçnoma tuziş amaliyotiga undamoqda.
Bu işonçnoma xalq orasida «gendoverennost», rasman esa tasarruf qiliş huquqi bilan işonçnoma deb ataladi.
Keling, tasavvur hosil bölişi uçun aniq misol bilan körib ötsak.
Misol sifatida, salondan xarid qilinganiga 2 yil bölgan Kobalt avtomobilini tanlaymiz.
Agar avtomobil bir jismoniy şaxsdan boşqasining nomiga ötkaziladigan bölsa, notarial idorada avtomobil oldi-sotdi şartnomasi tasdiqlangani uçun davlat boji (1 mln 470 ming söm), gerb yiğimi (24,5 ming söm), pullik va texnik xizmatlar körsatilgani uçun tölanadigan haq birgalikda kamida 1 mln 629 ming sömni taşkil etmoqda.
Işonçnoma tuzilgan taqdirda esa – jami xarajatlar kamida 857 ming sömni taşkil etmoqda.
Demak, uşbu ikki xil bitimlarni notarial idorada tasdiqlaşning özida 772 ming sömlik farq hosil bölyapti.
Afsuski, xarajatlar şu bilan tugamaydi. Endi «GAI»ga borib raqam, texpasport oliş, davlat röyxatidan ötkaziş uçun bundan ham kattaroq xarajat qilişga töğri keladi.
Uşbu summalar:
oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan avtomobil böyiça – örtaça 3 mln sömni;
işonçnoma tuzilsa, 0 sömni taşkil etmoqda. Ya'ni, işonçnoma tuzilgani uçun bu yerda heç qanday xarajat qilinmaydi.
Mavzuga oid
Körib turibmizki, işonçnoma uşbu jarayonda nisbatan xarajati kamroq amaliyotga aylanadi va kamçiqim fuqarolarni öziga ohanraboday tortadi.
Natijada, 2 yoşli Kobaltni:
öz nomiga rasmiylaştiriş – jami 4 mln 629 ming sömga;
işonçnoma asosida oliş – jami 857 ming sömga tuşmoqda.
Jami farq – 3 mln 772 ming söm.
3 mln 772 ming sömlik farq nafaqat iqtisodiy şaroiti kamtarroq fuqarolarni, balki örtamiyona fuqarolarni ham avtoni öz nomiga rasmiylaştirmay, rasman avvalgi egasining nomida qoldirib, keyinçalik imkon topilişi bilan öz nomiga ötkazib oliş maqsadida işonçnoma tuzişga undamoqda.
Ammo işonçnoma avtomobilni xaridor nomiga ötkazib bermaydi. U rasman avvalgi egasida qolaveradi.
Keling, bu borada notarius Komila Azimovaning fikrlarini tinglaymiz.
Komila Azimova
«Notarial idoramizga mulk egalari va ikkinçi taraf, ya'ni sotib oluvçilar kelib, köp hollarda ikkinçi taraf avtotransport vositasini amalda sotib olayotganiga guvoh bölamiz. Köramizki, rasmiylaştiriş çoğida oldi-sotdi şartnomasini tasdiqlaş uçun davlat bojini tölaşga sotib oluvçining imkoniyati bor, lekin «GAI»da tölov qimmatligi va şartnoma rasmiylaştirilganidan keyin 10 kun içida fuqaro özining nomiga yangi «texpasport» olişi kerakligi, yöqsa unga ma'muriy javobgarlik qöllanişi sababli uşbu holatlarni çetlab ötiş maqsadida bizdan sotiş huquqi bilan işonçnoma rasmiylaştirib berişni söraydi.
Albatta, biz fuqaroga sotiş huquqi bilan işonçnoma rasmiylaştirganda buning salbiy holatlarini tuşuntiramiz», – deydi Komila Azimova.
Unga köra, işonçnomaning salbiy jihatlaridan birinçisi – agar işonçnoma beruvçi şaxs vafot etsa, uşbu holatda işonçnoma bekor bölişi bilan birga, vafot etgan şaxs işonçnoma olgan şaxsga pulini va mulkini qaytarib bera olmay qoladi.
«Oldi-sotdi şartnomasi tuzilganda fuqaro özining pulini himoya qilib qöyadi: mulk haqiqatan sotilgani, sotgan şaxs haqiqatan pulini olgani şartnomada körsatib ötiladi. Işonçnomada esa bunday şartlari yöq», – deydi Komila Azimova.
Uning qöşimça qilişiça, ikkinçi salbiy holat şundan iboratki, işonçnoma bergan şaxs qandaydir sabablarga köra, notarial idoraga kelib, işonçnomani bekor qiladigan bölsa, işonçnoma olgan şaxs bu avtomobilni na sota oladi va na boşqara oladi, avtomobil egasi işonçnoma bergan şaxsga qaytadi.
Avtomobilni oldi-sotdi şartnomasi orqali boşqa şaxsdan öz nomiga ötkazişda xarajatlar bizga yaqin ayrim davlatlarda qanday ekanini körib ötsak.
Ikkilamçi bozordagi avtomobilni öz nomiga ötkaziş uçun:
Rossiyada – avtomobilning avvalgi davlat raqami saqlab qolinadigan bölsa, 850 rubl (119 ming söm), yangi davlat raqami olinsa, 2850 rubl (400 ming söm);
Qozoğistonda – 12 542 tenge (307 ming söm);
Qirğizistonda – 450 qirğiz somi (56 ming söm) xarajat qilinadi.
4 mln 629 ming söm va yuqoridagi summalarni özingiz soliştirib olavering.
Bundan taşqari, yuqoridagi davlatlarda ikkilamçi bozordan avtomobil xarid qilganda oldi-sotdi şartnomasini notarial tasdiqlaş majburiy emas.
Bizda esa majburiy bölişi bilan birga, tuşunarsiz ravişda avtomobil «yoşi» va dvigatel quvvatining neça ot kuçiligiga qarab davlat boji va YHXBdagi tölovlar oşib boradi.
E'tiboringizni bir statistikaga qaratmoqçimiz.
Özbekistonda 2020 yil davomida notariuslar 781 425 ta işonçnoma rasmiylaştirgan bölib, şulardan 400 677 tasi – avtomototransportni tasarruf etiş huquqi bilan berilgan işonçnomalarga töğri keladi. 2020 yilda rasmiylaştirilgan avtomobil oldi-sotdi şartnomalari esa 319 565 tani taşkil etmoqda.
Ya'ni bir yilda fuqarolarimiz 319 565 ta avtomobil oldi-sotdi şartnomasi, 400 677 ta işonçnoma tuzyapti.
Özaro nisbatni köryapsizmi? Dahşat-a?
Aslida yuqoridagi jami 720 242 ta holatda ham bitimlar avtomobilni boşqa şaxsga ötkaziş maqsadida tuzilyapti. Ammo, insofsiz darajada örnatilgan tölovlar avtomobil xaridorlarining yarmidan köpini işonçnoma tuzişga majburlayapti.
Yuqoridagi holatlar natijasida bir qator savollar tuğiladi:
Nega nisbatan arzonroq avtomobillardan karrasiga qimmat turadigan kvartirani ikkilamçi bozordan oldi-sotdi qilganda öz nomiga rasmiylaştiriş örtaça 400 ming sömga tuşadi-yu, ikkilamçi bozordan avtomobil oldi-sotdi qilmoqçi bölganlar «soğin sigir» roliga solib qöyiladi?
Avtomobilga mulk huquqini rasmiylaştirişdagi tölovlar nimaga asoslanib bunçalik baland örnatilgan? Bu xizmatlarni bajariş vagondan kömir tuşirişday oğir maşaqqatli iş emas-ku?
Qaysi mantiqqa köra, avtomobilni rasmiylaştirişda uning yoşi va dvigatel hajmiga qarab xarajatlar keskin oşib boradi?
Bunday baland summalarning örnatilgani mulk huquqining sun'iy ravişda çeklanişi emasmi?
Ayrim hayotiy misollarga e'tibor qaratsak.
Bir fuqaro bir neça yil oldin öz Moskviçini boşqa bir kişiga 6 mln sömga sotgan. Moskviç xaridori uni öz nomiga rasmiylaştiriş uçun esa 3 mln xarajat qilgan. Ulovidan tuşovi qimmat, deb şunga öxşaş holatlarga aytilsa kerak.
Biz bilan suhbatda bölgan boşqa bir kişi 2 yil avval Lasetti avtomobilini amalda pulini tölab sotib olgani, biroq rasmiylaştiriş xarajatlaridan qoçib işonçnoma bilan avtomobildan foydalanib kelganini va yaqinda Lasettini unga sotgan kişining kutilmaganda vafot etib qolganini sözlab berdi. Uning qöşimça qilişiça, marhumning ortida rafiqasi va 6 nafar farzandi qolgan va ularning ikkitasi hozirda Turkiyada. Suhbatdoşimiz endilikda marhumning turmuş örtoğidan va 6 nafar farzandlarining barçasidan rozilik olmagunça avtomobilni öz nomiga rasmiylaştirolmaydi. Ikki farzandning Turkiyada ekani işni yanada qiyinlaştiradi. Uşbu holatda marhumning rafiqasi va farzandlari insofli, diyonatli odamlar bölsa xöp, xöp, lekin birovning haqidan qörqmaydigan bölsa, suhbatdoşimiz Lasettiga tölagan puliga kuyib qolişi heç gap emas.
Yuqoridagi voqealarni eşitib, kulişni ham, yiğlaşni ham bilmaydi kişi.
Ikkilamçi bozordan avtomobil oldi-sotdi qilmoqçi bölganlarga bunday qiyin şaroit yaratilişiga sabablardan biri, balki, aholining ikkilamçi bozorga özini urişidan qaytarib, UzAuto Motors'dan yangi avtomobil xarid qilişlariga «yölak» hosil qilişdir?
Xulosa örnida, fuqarolardan avtomobil sotib olganda işonçnoma tuzişda ehtiyot bölişga çaqirmoqçimiz. Zero, avtomobilga pul tölaganingiz bilan işonçnoma tuzadigan bölsangiz, avtomobil rasman avvalgi egasida qolaveradi va u istalgan vaqt işonçnomani bekor qilib, avtomobilni öziga qaytarib olişga haqli.
Va albatta, rasmiylardan avtomobilni xaridor nomiga rasmiylaştirişdagi otning kallasiday xarajatlarni qayta körib çiqib, insof bilan belgilaşlarini sörab qolamiz.
Muallif – Abbos Salaydinov
Suxandon – Rahmatillo Isroilov
Tasvirçi va montaj ustasi – Otaxon Yusupov