Sport musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgan sportçi-öquvçilar va ota-onalarning murojaatlari inobatga olinib, ularga OTMga kiriş imtihonlarida istisno tariqasidagi qöşimça imtiyozlar belgilandi.
Bu haqda Davlat qabul komissiyasining 2-son bayonida qayd etilgan, deb ma'lum qildi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi.
Qayd etilişiça, Osiyo va respublika çempionatlarida oxirgi uç yilda ğolib va sovrindor bölgan hamda joriy yilda faqat “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” yönalişlariga hujjat topşirgan sportçi-öquvçilarga istisno tariqasida quyidagi imtiyozlar belgilandi:
— ikkinçi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uçta fanlar böyiça test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi;
— kiriş imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga köra, uşbu toifadagi abituriyentlarning töplagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan taşqari davlat granti va tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kiriş imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga köra, uşbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qiliş uçun minimal ötiş bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;
— “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötiş jarayonida mazkur bakalavriat ta'lim yönalişlarining sirtqi ta'lim şaklini tanlagan uşbu toifadagi abituriyentlar kiriş imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga köra faqat tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilişi mumkin;
— “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötgan uşbu toifadagi abituriyentlarga sovrinli örinlar qölga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib çiqib, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati” bakalavriat ta'lim yönalişining sport turlari böyiça tuzilgan fan dasturlari asosida birinçi mutaxassislik fani böyiça kiriş imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) ötkaziladi;
— sovrinli örinlar qölga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib çiqib,











