Qayd etilişiça, ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya şaroitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, 2021/2022 öquv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00dan, 2-smena 19:00dan) boşlanişi hamda test sinovlari oçiq stadion va xiyobonlarda ötkazilişi belgilandi.
Ma'lumot uçun, joriy yilda test sinovlarini 46 830 nafar abituriyent uçun möljallangan 96ta katta siğimli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentga möljallangan 65ta stadion va xiyobonlarda ötkaziş möljallangan.
2021/2022 öquv yili uçun davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlaş böyiça kunduzgi ta'limga 113 530 nafar, sirtqi ta'limga 37 675 nafar, keçki ta'limga 6 550 nafar etib, magistraturaga 12 900 nafar etib belgilangan. Filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş böyiça – 500 nafar abituriyent qabul qilinadi.










