10–15 avgust kunlari bölib ötadigan çempionatning mukofot fondi 610 million sömni taşkil etadi.
“Zakovat-Gambit” turniri mehmonlari orasida şaxmat böyiça jahon çempionlari Vişvanatan Anand, Rustam Qosimjonov, şaxmat qiroliçasi Yudit Polgar, 2016 yilda öyin seansidagi partiyalar soni böyiça şaxmat jahon rekordini örnatgan (48 öyin) Timur Gareyev ham bor.
Şuningdek, 2018 yilda 20 yoşgaça bölgan qizlar örtasida ötkazilgan şaxmat böyiça jahon çempionati ikkinçi örin sovrindori hamda 2019 yilda jahonning eng yaxşi 30 şaxmatçisi qatoridan joy olgan Gulruxbegim Tohirjonova ham qatnaşadi.
Vengriyalik grossmeyster Yudit Polgar musobaqa oldidan özbekistonlik şaxmatçilarga murojaat qildi.
“Toşkentda ajoyib şaxmat turniri – “Zakovat-Gambit” bölib ötadi. Röyxatdan ötib, iştirok etişni unutmang. Balki raqib bölib öynaş nasib qilar. Musobaqada körişgunça!” – deydi vengriyalik şaxmatçi.
Çempionatning faxriy mehmonlari iştirokçilar bilan şaxmat öynaşadi va master-klasslar ötkazadi.
“Zakovat-Gambit”da yoşi va şaxmatdagi darajasidan qat'i nazar, faqat Özbekiston fuqarolari qatnaşa oladi. Iştirok etiş uçun arizalar gambit.zakovat.tv sayti orqali, 7 avgust soat 10:00ga qadar qabul qilinadi.
Öyin şartlari batafsil gambit.zakovat.tv saytida keltirib ötilgan.










