Braziliyaning qator hududlarida havo harorati mamlakat uchun rekord darajada pasaydi va qor yog‘di, deb xabar bermoqda Globo.

Braziliyaga sovuq harorat chorshanba kuni kirib keldi. Shu kuni Kampu-Grandi va Florianopolis shaharlarida rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi. Santa-Katarina shtatining 10dan ortiq shahrida qor yog‘di.

Riu-Grandi-du-Sul shtatida esa 30ta shaharda qor yog‘ib, harorat noldan pasayib ketdi.

Braziliyadagi eng past harorat San-Joakim shahrida qayd etildi: minus 7,8 daraja.

Juma kuni sovuq yanada kuchayishi kutilmoqda. Portu-Alegri, Florianopolis, Kuritiba, San-Paulu va Kampu-Grandi shaharlarida harorat 5 darajadan past bo‘ladi.