Içki işlar vazirligida huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş va aholi osoyiştaligini mustahkamlaş böyiça prezident belgilagan vazifalar ijrosiga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Unda Prezident administratsiyasi mas’ullari, Vazirlar Mahkamasining mahalla va xotin-qizlar masalalari böyiça mutasaddilari, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Boş prokuratura va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, şuningdek, hududlardagi hokimlar va jamoat xavfsizligi uçun mas’ul rahbarlar iştirok etdi.

Yiğilişda prezidentning tegişli qaror va topşiriqlarida belgilangan vazifalarning hududlardagi ijrosi tahlil qilindi. Xususan, huquqbuzarliklarni keltirib çiqarayotgan sabab va şart-şaroitlarni barvaqt aniqlaş, ularni bartaraf etiş hamda profilaktik tadbirlarni samarali taşkil qiliş masalalari muhokama qilindi.

Huquqbuzarlik sodir etişga moyil şaxslar bilan manzilli işlaşni kuçaytiriş, mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş va mas’ul idoralar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş böyiça vazifalar belgilab berildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ijro intizomini kuçaytiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatmalar berildi.

Yiğilişda taşkiliy masala ham körib çiqildi. Prezidentning tegişli qarori bilan polkovnik Timur Ismoilov Özbekiston içki işlar vazirining birinçi örinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. Şu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati IIB boşliği lavozimidan ozod etildi.

Yangi rahbar zimmasiga jamoat xavfsizligini ta’minlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş tizimini takomillaştiriş vazifalari yuklatildi. Şuningdek, tizimni raqamlaştiriş, içki işlar organlarining boşqa davlat idoralari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorligini kuçaytiriş hamda jamoat tartibini saqlaşning zamonaviy usullarini keng joriy etiş talab qilindi.

Yiğilişda Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan bayram tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Içki işlar vaziri general-leytenant Aziz Toşpölatov har bir xizmatning vazifasi aniq belgilanişi, kuç va vositalar oldindan hisob-kitob qilinişi hamda mas’ullar hududlardagi vaziyatni töliq nazorat qilişi lozimligini ta’kidladi.

Bayram tadbirlari ötkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, transport va piyodalar harakatini tartibga soliş, odamlar gavjum joylarda huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda ehtimoliy favqulodda holatlarga yöl qöymaslik böyiça kompleks çoralar belgilandi.