Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitiş fabrikasi qurilişining boşlanişiga bağişlangan marosim bölib ötdi.

«Barçangizni bugungi quvonçli voqea – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining yangi mis boyitiş fabrikasi qurilişi boşlanayotgani bilan çin qalbimdan tabriklayman. Vatanimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida ezgu niyatlar bilan mana şunday ulkan loyihani amalga oşirişga kirişmoqdamiz. Bu muhim voqea nafaqat uşbu kombinat hayotida, balki mamlakatimiz sanoati tarixida yangi davr boşlanayotganidan yaqqol dalolat beradi», dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.
Keyingi yillarda kombinat faoliyati yuksak darajaga kötarilib, mis işlab çiqariş hajmi 1,5 barobarga köpaygani va 150 ming tonnaga yetkazilgani ta’kidlandi.

Ötgan uç yil mobaynida kombinat konlarida umumiy uzunligi 206 ming metr bölgan 475 ta quduq burğilangan. Xalqaro miqyosda tan olingan xorijiy laboratoriyalarda uşbu konlar rudasining 100 mingdan ortiq namunalari kimyoviy tahlillar asosida çuqur örganilgan. Xalqaro baholaş mezonlariga köra, bu yerda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni taşkil etişi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob körsatkiçlardir.
Şuningdek, bu yerda qazib olinayotgan ruda tarkibida kumuş, molibden, selen, tellur, reniy va boşqa nodir metallar borligi ham aniqlangan.
Bugun dunyoda “yaşil iqtisodiyot”, qayta tiklanadigan energiya manbalariga e’tibor kun sayin ortib bormoqda, elektr texnikasi sanoati jadal rivojlanmoqda. Buning natijasida 2030 yilga borib mis mahsulotlariga bölgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortişi kutilmoqda. Bu Olmaliq kombinati mahsulotlariga xalqaro talab uzoq yillar davomida yuqori böladi, deganidir.
Şu bois mamlakatimizda rangli va qimmatbaho metallar işlab çiqarişni kengaytirişga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Yoşlik-1” koni negizida qurilayotgan 3-mis boyitiş fabrikasi şu boradagi ulkan qadamlardan biridir. Qiymati 2 milliard dollar bölgan uşbu korxona birinçi bosqiçda yiliga 60 million tonna rudani qayta işlaş imkonini beradi.
Ikkinçi bosqiçda quvvat 160 million tonnaga yetadi yoki bugungi körsatkiçdan 3 barobarga köpayadi. Uşbu ikki bosqiç amalga oşirilişi natijasida korxona 2028 yilga borib yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumuş işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.














