Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş respublika markazi va uning hududiy bölimlariga 2021 yilning 6 oyi davomida jami 5 958 nafar fuqaro murojaat qilgan bölib, şundan 5 348 nafari, ya'ni 89,7 foizi ayol, 393 nafari, ya'ni 6,6 foizi erkak va 217 nafari, ya'ni 3,6 foizi 18 yoşgaça bölgan bolalardir.
Markazga eng köp murojaat qiliş holatlari 4ta hududga töğri keladi, ya'ni Toşkent şahridan 1 598 nafar, Jizzax viloyatidan 861 nafar, Namangan viloyatidan 540 nafar, Qaşqadaryo viloyatidan 539 nafar fuqarolar murojaat qilgan.
Murojaatçilarning 2 368 nafari huquqiy va psixologik maslahat oliş uçun boğlangan bölib, ularning murojaatlarida zöravonlikka uçraş alomatlari aniqlanmagan.
1 908 nafar murojaatçi ruhiy, 1 094 nafari jismoniy, 562 nafari iqtisodiy, 26 nafari jinsiy zöravonlikka uçraganini ma'lum qilgan.
Ruhiy zöravonlikka uçraganlarning 1 766 nafari, ya'ni 93 foizini ayollar taşkil etgan. Sodir etilayotgan ruhiy zöravonlik asosan 1 841ta holatda oilada, 1 353ta holatda er-xotin örtasidagi nizolar oqibatida kelib çiqqani aniqlangan.
Jismoniy zöravonlikka uçraganlarning 1 071 nafari, ya'ni 98 foizi ayollardir. Jismoniy zöravonlik 865ta holatda er-xotin, 157ta holatda qaynona-kelin (kuyov), 43ta holatda ota-ona va farzand örtasidagi mojarolar oqibatida sodir etilgan.








