29 iyul kuni OKMK qoşidagi 3-boyitiş fabrikasi qurilişiga tamal toşini qöyişga bağişlangan tadbirda nutq sözlagan davlat rahbari Özbekistonning eksport salohiyatiga ham töxtalib ötdi.

«Bir vaqtlar Özbekiston eksporti asosan oltin, gaz va paxta hisobidan bölardi. Hozir gazning faqat 20 foizinigina eksport qilyapmiz. Savol tuğilişi mumkin, gaz qayerga ketyapti? Gazimizni özimizning sanoatimizga yönaltiryapmiz, iş örinlari yaratyapmiz. Mening maqsadim umuman gazni çetga sotmaslik, sanoatga yönaltiriş, xalqimiz manfaatlari uçun işlatiş.

Paxtadan köpi bilan 1 mlrd dollar daromad qilgan bölsak, hozir özimizda çuqur qayta işlaş orqali bu körsatkiç bir neça marta oşgan.

Barçangiz körib-bilib turibsiz, hozirgi vaqtda dunyoda «yaşil iqtisodiyot»ni joriy etiş, qayta tiklanadigan energiya manbalariga e'tibor kun sayin kuçayib bormoqda. 

Dunyo sanoati elektr energiyasi yordamida işlaydigan avtomobillar va ular uçun zarur uskunalar işlab çiqarişga ötmoqda.

2030 yilga borib mis mahsulotlariga bölgan ehtiyoj kamida 40 foizga ortişi prognoz qilinmoqda. Işonç bilan aytiş mumkinki, Olmaliq kombinati işlab çiqaradigan mahsulotlarga xalqaro talab uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. 

Ana şu holatni hisobga olib, 2017 yilda «Yoşlik-1» konlari kompleksini özlaştiriş böyiça amaliy işlarni boşlagan edik. Ötgan 4 yil mobaynida barça zarur geologik tadqiqotlar va 83 million kub metrdan ortiq hajmdagi qaziş işlari bajarildi.

Mana endi dastlabki bosqiçda qiymati 2 milliard dollar bölgan, yangi uçinçi mis boyitiş fabrikasini qurişni boşlayapmiz.

Uşbu korxona 2024 yilga borib yiliga 60 million tonna rudani qayta işlaş imkonini beradi. E'tibor bering, OKMK 70 yillik tarixi davomida örtaça 40 mln tonna rudani qayta işlagan. Birgina bu yangi korxona tufayli qayta işlaş körsatkiçi 1,5 barobar oşadi.

Ikkinçi bosqiçda esa quvvatlar 160 million tonnaga yetadi  yoki bugungi körsatkiçdan 3 barobarga köpayadi.

Ana şu ikki bosqiçni amalga oşiriş tufayli korxona 2028 yilga borib  yiliga 400 ming tonna mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumuş işlab çiqariş quvvatiga ega böladi.

Şu tariqa, Olmaliq kombinati toğ-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi. 

Kombinat işlab çiqaradigan mahsulotlar hajmi 3 martadan ziyod köpayib, uning qiymati hozirgi 2,5 milliard dollardan qariyb 8 milliard dollarga yetadi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.