Amazon asosçisi Jyeff Bezos dunyoning eng boy odami maqomini yöqotdi. Bu Forbes Real-Time reytingida qayd etildi.

Bezosning boyligi 192,4 mlrd dollar deb baholanmoqda. U bir kunda 13,9 mlrd dollar yöqotdi.

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) egasi Bernar Arno reytingda birinçi öringa kötarildi. Forbes uning boyligini 192,9 mlrd dollar deb baholadi.

SpaceX asosçisi va Tesla boş direktori Ilon Mask uçinçi öringa joylaşdi. Uning boyligi bir sutkada 2,2 mlrd dollarga köpayib, 179,4 mlrd dollarga yetdi.

Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi pasayişi hisobiga kamaydi. 30 iyul kuni bir aksiya narxi 7,56 foizga arzonlaşib, 3,3 ming dollarga teng böldi.