Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda «Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Ma'lum qilinişiça, qonun bilan «Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş töğrisida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi, «Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunlar va Yer kodeksiga özgartişlar kiritilmoqda.

«Uşbu qonunni qabul qilişdan maqsad, davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalarining qayta körib çiqilişi va bekor qilinişiga yöl qöymaslik prinsipini qonun bilan mustahkamlaş. Şuningdek, yer uçastkasi yoki uning bir qismini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun hokimlar tomonidan olib qöyilişini taqiqlaş va yer uçastkasi yoki uning bir qismiga egalik qiliş huquqi yoxud undan foydalaniş huquqi, şuningdek yer uçastkasini ijara oliş huquqini bekor qiliş asoslarini ajratgan holda bu vakolatni amalga oşiruvçi idoralarni belgilaş.

Davlat tasarrufidan çiqarişda xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmaydi va bekor qilinmaydi. Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalari, şu jumladan, obektlarning qiymati baholaş natijalarini qayta körib çiqiş, bekor qiliş yoki haqiqiy emas deb topiş masalalari yuzasidan davlat organlari, şu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiliş organlari va sudlar tomonidan taşabbus bilan çiqiş taqiqlanadi hamda bunday işlar sudlar tomonidan körib çiqiş uçun qabul qilinmaydi. Yer uçastkalarining hokimlar tomonidan olib qöyilişiga taqiqlar belgilanadi», – dedi Narimon Umarov.

«Şuningdek, loyihada tuman, şahar, viloyat hokimlarining qarori yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uçastkasiga egalik qiliş huquqi yoxud undan foydalaniş huquqini faqat tört holatda tugatiş amalga oşirilişi mumkinligi belgilanmoqda. Ya'ni yer uçastkasidan ixtiyoriy voz keçilganda, yer uçastkasining berilgan muddati tugaganda, yuridik şaxs tugatilganda yoki xizmatdan foydalaniş uçun yer berişga asos bölgan mehnatga oid munosabatlar bekor bölganida. Faqat mana şu törtta holat ijro organlari [zimmasida] qolyapti. Biz hokimning vakolatlarini qisqartirdik. Bu yerda şartnoma asosida buzilgan munosabatlardagina hokimning vakolatlari qolyapti. Qolgan barça vaziyatlar mahalliy kengaşlar, Vazirlar Mahkamasi yoki sud qarori bilan hal qilinadi. Bu prinsipial jihatdan mulkdorning huquqlarini himoya qiliş», - dedi u.