“Maktabgaça ta'lim qamrovini yil boşidagi 60 foizdan yil yakuniga qadar 67 foizga yetkazişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Şunga asosan 2021 yilning özida 225ta MTT quriş va rekonstruksiya qiliş işlari bajarilmoqda.

Prezident qaroriga muvofiq, MTT bilan qamrov darajasi past bölgan 53ta tumanda alohida manzilli iş olib boriş belgilangan. Unga asosan 2021-2022 yillarda 2 mingta oilaviy nodavlat MTT faoliyati yölga qöyiladi, 50 ming nafar tarbiyalanuvçi uçun yangi örinlar yaratiladi.

Umumiy quvvati 11 ming örindan ziyod bölgan 100ta davlat-xususiy şerikçilik asosidagi boğçalar iş boşlaydi. Şuningdek, quvvati 7,5 ming öringa teng bölgan 50ta MTT yangi quriladi. Qolaversa, davlat va nodavlat MTT tarmoğini kengaytiriş hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi va 7,5 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi”, – deya Behzod Musayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsud Yöldoşev 2021 yilda maktabgaça yoşdagi bolalarning 65 foizi boğçaga qamrab olinişini aytgandi.

Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi rahbari Uluğbek Toşkenboyev maktabgaça ta'lim muassasalariga qamrov böyiça qöşib yoziş holatlari avj olayotganini ta'kidlagan.

Davlat xizmatlari agentligi bino va örinlar kamligi uçun salkam 1,2 mln nafar bola davlat boğçalariga boriş imkoniyatiga ega emasligi, har yili örtaça 700 ming nafar boladan faqatgina 500 mingiga boğçaga yöllanma berilişini oçiqlagandi.

Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov ayni paytda bolalarni boğça bilan qamrab oliş darajasi 60 foizni taşkil etişi, maktabgaça ta'lim qamrovini oşiriş uçun 100 million dollar ajratilişini ma'lum qilgan.

Senat raisi Tanzila Norboyevaga köra, Özbekistonda maktabgaça ta'lim qamrovini 2025 yilga qadar deyarli 100 foizga yetkaziş maqsad qilingan.