Mutasaddi 2017 yilda bu körsatkiç 27 foizni taşkil qilgani, joriy yilda qamrovni 65 foizga yetkaziş maqsad qilinganini aytib ötgan.

Bugungi kunda respublika miqyosida 18 ming 254ta maktabgaça ta'lim taşkilotlari faoliyat olib bormoqda. Şundan 6197tasi davlat MTT, 10 ming 244tasi oilaviy MTT, 788tasi davlat xususiy şerikçilik asosida va 1025tasi xususiy şakldagi MTT hisoblanadi.

«Ayni paytda respublika miqyosida 18 ming 254 ta maktabgaça ta'lim taşkilotlarida jami 1 699 566 nafar yoki 60,9 foiz maktabgaça ta'lim yoşdagi bolalar tarbiyalanmoqda.

Sohada amalga oşirilayotgan yangiliklardan biri – bolani maktabgaça sifatli tayyorlaş. 2019-2020 yillardan 6 yoşli bolalarni maktabga majburiy tayyorlaş böyiça bepul dastur yölga qöyilgan. 2020 yilda 77 foiz 6 yoşli bolalar qamrab olingan bölsa, 2021 yilda bu körsatkiçni 82 foizga yetkaziş reja qilingan», degan mutasaddi.