Ma'lum qilinişiça, çegara bojxona postlarida xizmat qilayotgan bojxonaçilar madaniy boyliklarni noqonuniy yöllar bilan olib çiqib ketiş bilan boğliq urinişlarga öz vaqtida çek qöyişmoqda.

Jumladan, Samarqand xalqaro aeroporti orqali xorijga yöl olgan fuqaro K.D. bojxonaçilar e'tiborini tortgan va unga tegişli bölgan yuklar xolislar iştirokida közdan keçirilgan.

Natijada, K.D.ning yuklari orasida, yölovçi bojxona deklaratsiyasida yozib körsatilmagan 45 dona noyob sözana kaştalari va 2 dona tarixiy libos borligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, amaldagi tartiblarga köra, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 martdagi «Özbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib çiqilişi va olib kirilişi masalalarini tartibga soliş töğrisida»gi 131-son qarorida ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklar Özbekiston Respublikasidan olib çiqib ketilmasligi belgilab ötilgan.