Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti taşkil qilindi.

Qarorda belgilanişiça, institut yuridik şaxs maqomiga ega bölgan davlat ilmiy muassasasi bölib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining şartnomalari va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.

Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegişli lavozimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş miqdorlari va şartlari tatbiq etilişi belgilangan.

Institut direktori va uning örinbosarlari Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Institut tuzilmasida Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti hamda Institutning “Intellektual dasturiy tizimlar” qöşma laboratoriyasi taşkil etiladi. Qöşma laboratoriya Institutning tarkibiy bölinmasi hisoblanadi va Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti binosiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.

Institutga respublikadagi ilmiy taşkilotlar va oliy ta'lim muassasalarining raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasida amalga oşirayotgan ilmiy va öquv faoliyatiga, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Farğona filiali huzurida taşkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markaziga yaqindan kömaklaşiş hamda hamkorlik aloqalarini örnatiş böyiça qöşimça vazifa yuklatiladi.

Qarorda mazkur institut Toşkent şahar, Mirzo Uluğbek tumani, Böz-2 mavzesi, 17-a uy manzilda operativ boşqaruv huquqi asosida joylaştirilişi qayd etilgan.