Hisobotga köra, Urganç şahar Tibbiyot birlaşmasi tarkibida: 3 ta oilaviy poliklinika va 1 ta filial, 1 ta markaziy köp tarmoqli poliklinika va 165 öringa möljallangan şahar şifoxonasi faoliyat körsatib kelmoqda. Tibbiyot xodimlari soni 1015 nafar bölib, şulardan 249 nafari şifokor, 578 nafari hamşira.

6 oy davomida 80 854 nafar aholi çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilgan va 28 633 nafar (36,5 foiz) bemor aniqlangan. Şundan 1-18 yoşgaça bölgan bemorlar 12 279 nafarni, 18 yoşdan katta bemorlar 16 354 nafarni taşkil qiladi. 

6 oy mobaynida 18 yoşgaça bölganlar orasida 22 ta ölim qayd etilgan. Ölim sabablari sifatida nafas buziliş sindromi (12), tuğma anomaliya (1), homila distressi (1), tuğma pnevmoniya (1), aplastik anemiya (1), Xojkin limfomasi (1), boş miya oğir jarohati (2), surunkali glomerulonefrit (1), mukovissidoz (1), mexanik asfiksiya (1) körsatilgan.

Urganç şahrida 6 oy davomida 29 ta maktab va 33 ta maktabgaça ta'lim muassasalari, 1 ta ixtisoslaştirilgan maktabda 10 793 nafar öquvçi bolalar tibbiy körikdan ötkazilgan. Şulardan 5 154 nafari (47,7 foiz) kasal deb topilib, soğlomlaştiriş uçun ambulatoriya, şifoxonalar va sanatoriyalarga yönaltirilgan.

Xorijiy davlatlarda bölgan 601 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazilganida, 205 nafarida turli yengil turdagi terapevtik kasalliklar, 1 nafarida VIÇ va 3 nafarida sil kasalligi aniqlangan.

1264 nafar nikohlanuvçi şaxslar tibbiy körikdan ötkazilganida, ularning 7 nafarida ruhiy, 1 nafarida OITS, 2 nafarida sil kasalligi aniqlangan.

Oilaviy poliklinikalarning 6 oylik hisobotiga köra sil kasalligi bilan 38 nafar bemor dispanser nazoratida turibdi, şularning 7 nafari bolalar. 287 bemor OITS kasalligi hisobida bölib, şundan 12 nafari bolalar.