Vazirlar Mahkamasining 450-son qarori bilan kasbiy taʼlim taşkilotlari öquvçilarining öqişini köçiriş yoki qayta tiklaş hamda umumiy örta taʼlim taşkilotlarining 10-sinf öquvçilari öqişini texnikumlarga köçiriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, kasbiy taʼlim taşkilotlari öquvçilarining öqişini boşqa taʼlim taşkilotiga köçiriş yoki qayta tiklaş böyiça davlat xizmatlarini körsatişning yagona tartibi belgilanadi.

Yangi tartibning muhim jihatlaridan biri - umumtaʼlim maktablarining 10-sinfida tahsil olayotgan öquvçilarga öqişini texnikumlarga köçiriş imkoniyati yaratilişidir. Bu jarayon uçun alohida tartib belgilanadi.

Davlat xizmatidan foydalaniş uçun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali elektron şaklda topşiriladi.

Şuningdek, kasbiy taʼlim taşkilotlariga öqişni köçiriş va qayta tiklaş böyiça xulosa berişning yagona mexanizmi joriy qilinadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YAIDXP orqali töliq körsatiş imkoniyatini yölga qöyiş belgilangan.

Yangi tartib 10-sinf öquvçilariga umumiy örta taʼlimdan kasbiy taʼlimga ötiş va muayan kasb yoki mutaxassislik böyiça taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiradi.