2-sentabr kuni Toşkentda maktablar, akademik litseylar va texnikumlarda yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan ertalab köçalarida harakat sezilarli darajada jonlanişi kutilmoqda. Ayniqsa, taʼlim muassasalari joylaşgan hududlarda avtomobillar va piyodalar oqimi köpayib, ayrim yönalişlarda tirbandliklar kuzatilişi mumkin.

Poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi bu holatlarning oldini oliş va öquvçi hamda talabalarning taʼlim muassasalariga xavfsiz yetib borişini taʼminlaş uçun aholini imkoni boriça jamoat transportidan foydalanişga çaqirdi.

Şuningdek, haydovçilardan maktab va oliy taʼlim muassasalari yaqinida avtomobillarni tartibsiz yoki uzoq vaqtga qoldirmaslik, yöl harakati qoidalariga qatʼiy amal qiliş, piyodalar va öquvçilarga yöl beriş söraldi.

IIBB maʼlum qilişiça, 2-sentabr kuni taʼlim muassasalari atrofida xavfsizlikni taʼminlaş, transport harakatini tartibga soliş va fuqarolarga kömaklaşiş uçun içki işlar organlari xodimlari navbatçilik qiladi.

Maʼlumot uçun, maktab, akademik litsey va texnikumlarda darslar 2-sentabrdan boşlanadi. Oliy taʼlim taşkilotlarida esa yangi öquv yili 1-bosqiç talabalari uçun 7-sentabrdan, 2-bosqiç va undan yuqori kurslar uçun 14-sentabrdan start oladi.