UzbekLife internet tarmoğida birgina jumlasi bilan maşhurlikka erişgan Rossiyadagi özbek migranti Abdullayev bilan intervyu ötkazdi.

Abdulaziz suhbatda özi, TikTok’dagi videolari va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi.

Birgina gapim maşhurlik keltirdi 

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani Qahramon qişloğida 1995 yilda tuğilganman. 2018 yilda mehnat qiliş uçun Rossiyaga kelganman. Hozir moyka xizmatçisi bölib işlayman.

Özim avvallari ham Imo ijtimoiy tarmoğida jonli efir orqali qöşiqlar aytib turardim. Hozir bölsa Instagram va TikTok tarmoqlarida videolar çiqaraman. Ammo haqiqiy maşhurlikni öşa “Akang kuçaydi ujye!” degan gapim keltirdi.

Bugungi kunda TikTok tarmoğida 127 ming obunaçim bor.

Oylik tölovni bir hafta oldin berişgandi

Bu jumlaning kelib çiqiş tarixi haqida gapiradigan bölsam, bir safar oylik tölovni bir hafta oldin berişgandi. Bundan juda xursand bölganimdan TikTok uçun video qiliş fikri tuğilgan.

Odamlar meni jinni deb öylamasmikan, deya bu videoni çiqarişdan oldin rosa öylaganman. Biroz ikkilanişdan söng videoni yuklab yubordim. Keyin maşhurlikka erişdim. Hozir kim köçada körib qolsa, yaxşi munosabatda böladi.

Alloh tomonidan berilgan bir imkoniyat deb bilaman

Videoda aytgan gaplarim haqiqatga yaqin. Işim bir qadar yengil, erkin. Öz işlarimni vaqtida qilgandan söng xohlagan işimni bajarib yurişim mumkin.

Men buni Alloh tomonidan berilgan bir imkoniyat deb bilaman. Undan qanday foydalaniş esa sizning özingizga boğliq. Bu imkoniyatdan unumli foydalaniş maqsadida yaqin kunlarda “Akang kuçaydi ujye” nomli içimliklar işlab çiqarişni yölga qöymoqçimiz. Undan keyin bu brend ostida turli boşqa mahsulotlar, xususan kepka, futbolka va boşqa narsalar işlab çiqariş niyatidaman.