“Biz köp göşt yeyapmiz” — Alberto Garson, Ispaniya

Qarang, bizdan ham köçirişarkan. Kimdanligini darhol angladingiz. Ispaniya iste'mol vaziri Alberto Garson aholiga göştdan voz keçişni taklif qilgan.

“Biz köp göşt yeyapmiz. Göştni köp yeyiş nafaqat soğliqqa, balki atrof-muhitga ham zararlidir”, – degan u. Bu jumlalarni öqib, nimadir yodingizga tuşgan bölsa ajab emas. Keling, hammasini tartib bilan boşlaymiz va bu mavzuga yana töxtalamiz.

Söz erkinligi tufayli, internetning quloç yozişi ortidan Özbekistonda ham bunday mansabdorlar safi kengayib bormoqda. Quyida ana şunday rahbarlar haqida söz yuritamiz.

Aktam Hayitov, ÖzLiDeP lideri — “Biz köp göşt yeyapmiz”

Aktam Hayitov

“Göşt narxi nega qimmatlab ketyapti deb öylaysizlar? Töğri, ozuqa yetişmasligi birinçi sabab, ikkinçidan, bugun biz juda köp göşt iste'mol qilyapmiz. Şunçalik köp göşt yemoqdamizki, buning natijasida köpgina kasalliklar paydo bölyapti...” – degan edi jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida yana bir siyosiy partiya yetakçisi Aktam Hayitov.

U Kun.uz'ga bergan intervyusida: “Bu gapimiz rosa muhokama qilinganini kuzatdik, albatta. Lekin boşqaça talqin qilinganini ham aytişim lozim. Gap göşt yildan yilga köproq iste'mol qilinayotgani töğrisida borgandi...” deya izoh bergandi. Lekin Aktam Hayitov bu sözlarni Alberto Garsondan ança oldin aytgan va bemalol mualliflik huquqi böyiça tortişişi mumkin.

Uluğbek Inoyatov, XDP lideri — “2,5 mln söm 5 kişilik oilani 1 oy boqişga yetadi”