Ijtimoiy tarmoqlarda Evos fast-fud tarmoğida tayyorlanayotgan taomlarga qöşilayotgan göşt mahsulotlari halol emasligi aytilgan xabarlar tarqaldi. Bu borada turli fikrlar bildirildi: kimdir buni nosoğlom raqobat deya baholagan bölsa, yana kimdir bu tarmoqdan boşqa xarid qilmasligini ta'kidlamoqda.
Kun.uz xodimlari mavzu yuzasidan savollarga javob oliş, Belarus göşt kombinatidan Özbekistonga yetkazib berilayotgan göşt mahsulotlarining sifati va halolligiga oydinlik kiritiş maqsadida Belarusda bölib qaytdi. Safar Evos'ga göşt yetkazib beruvçi “Big-Shox” MÇJ tomonidan taşkil etildi.
Safarda bizga ikki köngilli hamda Evos korxonasi rahbarlaridan biri ham hamrohlik qildi.
Biz Belarus Respublikasining Brest viloyatidagi “Pinskiy myasokombinat” – Pinsk göşt kombinatida bölib, göşt yetkazib beriş liniyasi faoliyati bilan tanişdik.
Bu kombinat Belarus poytaxtidan 335 km ğarbda joylaşgan. Faqat yirik şoxli bördoqi qoramollarni söyişga möljallangan liniyada iş konveyer usulida taşkil etilgan.
Bizga aytişlariça, halol göştga buyurtma bölganida asli ozarboyjonlik Vagif qassob ukasi bilan birgalikda bördoqilarni söyiş uçun kombinatga keladi va 300 boş atrofida buqani söyadi.
Kombinat Özbekistonga har oy 8ta furada mahsulot yetkazib berişi ma'lum qilindi. Söyiş va bördoqini qayta işlaş jarayoni bilan bevosita videolavhada tanişiş mumkin.
“Big-Shox” MÇJ ta'sisçisi Osimxon Xolmirzayevning aytişiça, vatandoşlariga harom göşt yetkaziş orqali daromad topiş borasida Allohdan qörqadi.
Belarusga safardan söng, Evos tamaddixonalariga yarimtayyor göşt mahsulotlari yetkazib beruvçi Vivid Meat Proccessing korxonasida ham böldik va bu yerda ham iş qanday taşkil etilgani bilan qiziqdik. Ming marta eşitgandan bir marta körgan yaxşi, naqliga amal qilaroq, videolavhani körişni tavsiya qilamiz.
Alohida uqtirişni istardikki, Kun.uz öquvçilar yoki xörandalar fikriga ta'sir körsatişni istamaydi, zero bu bilan xolislik ta'minlanmagan bölardi, nazarimizda. Xulosa çiqariş har kimning öziga havola.
Tolib Rahmatov Ⓣ










