Namangan viloyatida qurilişi rejalaştirilgan “Hyundai” avtomobil zavodi loyihasi amalga oşmasligi mumkin. Bu haqda Namangan investitsiya boşqarmasi boşliği Nodirbek Abdullayev OAV vakillari bilan bölgan uçraşuvda aytib ötdi. 

“Hyundai” zavodi qurilişi böyiça ilk marta Prezidentning 2018 yil may oyida Namangan viloyatiga taşrifida viloyat faollari iştirokida ötkazilgan videoselektorda topşiriq berilgan edi. 
Şundan söng 2018 yil noyabr oyida zavod qurilişi uçun tamal toşi qöyiladi. Ajablanarlisi, oradan ma'lum vaqt ötib, 2019 yil aprel oyiga kelib yana bir bor tamal toşi qöyiş marosimi ötkaziladi. Lekin şunga qaramay zavod qurilişi boşlanmaydi.  

2018 yilgi tamal toşi qöyilişi
2019 yilgi tamal toşi qöyilişi

2020 yil yakuni böyiça OAV vakillari bilan bölgan uçraşuvda Namangan viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov uşbu holatga munosabat bildirgan edi. Hokimning sözlariga köra, Özbekiston tomoni barça qöyilgan şartlarni bajargan. Zavod ta'sisçilarida özgariş bölgani sabab quriliş ortga surilgan. Hozirda yangi ta'sisçilar tomonidan şartnomalar qaytadan imzolanişi kutilmoqda, deyilgan edi. 
Namangan investitsiya boşqarmasi tomonidan ötkazilgan bugungi matbuot anjumanida esa uşbu loyiha amalga oşmasligi ehtimoli yuqori ekani ta'kidlandi. Zavod qurilişiga Koreya tarafidan mas'ul bölgan ta'sisçilar uşbu loyihani istiqbolli emas deya baholagan. Bunga sabab sifatida Respublikaning bojxona hamda soliq qonunçilik amaliyoti körsatilgan.

Eslatib ötamiz, QK «Hyundai Motor UZ Namangan» MÇJ ta'sisçilari tarkibi «Hyundai Motor Company», «Evergreen Motors Co» Ltd  va «Youngsan Glonet» Özbekiston tomonidan Namangan viloyati hokimligi hisoblanadi.