Kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari deyarli tugatildi. Bu yil epidemiologik holat va koronavirus infeksiyasining salqin havoga yuqori sezuvçanligi hisobga olingan holda isitiş tizimini ertaroq işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Bu haqda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalasiga bağişlab AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida  "Toşissiqquvvati" davlat unitar korxonasi boş muhandisi Aziz Karimbekov ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari deyarli tugatilgan. Ötgan yili nisbatan keçroq, 28 oktyabrdan kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari boşlangan.

Lekin bu yil epidemiologik holat hisobga olingan holda va koronavirus infeksiyasining salqin havoga yuqori sezuvçanligi hisobga olingan holda isitiş tizimini ertaroq işga tuşiriş rejalaştirilgan.

“Gidrometeorologiya xizmatidan doimiy ravişda ob-havo ma'lumotlari olib turilibdi. Bu ma'lumotlarga köra, 10 oktyabrga qadar kunduzi havo harorati 22-24, keçasi 8-10 daraja atrofida böladi. Agar havo harorati keskin pasayadigan bölsa, isitiş tizimini işga tuşirişga tayyormiz”, -  dedi Aziz Karimbekov.