Andijon davlat universiteti katta öqituvçisi va boşqa bir fuqaro öqişga kiritib qöyiş evaziga pul olayotganda uşlangan.
Andijon davlat universiteti katta öqituvçisi U.Q., fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Qirğiziston Respublikasidagi universitetlardan biriga “Stomatologiya” yönalişi böyiça öqişga kiritib qöyiş evaziga 1 400 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, fuqaro O.O‘. boşqa bir fuqaro N.ni Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanişlari orqali öqişga kiritib qöyişi evaziga 1 100 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Oltinköl tumanida talabaning öqişini köçirtirib berişni va'da qilgan talaba uşlanganligi xabar qilingan edi.











