U Qirğiziston Respublikasi Öş texnologiyalar universitetidagi öqişini Namangan davlat universitetiga köçirib berişni va'da qilgan.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berişiça, Andijon davlat universiteti talabasi S.E. fuqaro M.ning işonçiga kirib, uning Qirğiziston Respublikasi Öş texnologiyalar universitetidagi öqişini Namangan davlat universitetiga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali köçirtirib beriş evaziga 1 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga işga yuborişni va'da qilgan firibgar uşlanganligi haqida xabar berilgan edi.











