«Bu yerda hayajonlanib, ikkilanib turgandim, lekin bu haqda aytmasam bölmaydi. Şu yoşga kirib heç qaçon bunaqangi adolatsiz hakamlikni körmagandim. Ming afsuski, Miraziz Mirzaxalilov, Tursunoy Rahimova yutgan joyida ring atrofidagilar nomardlarça ğalabani boşqa raqibiga bervorişdi. Bunday qiliş uçun qanaqa odam bölişi mumkin, hayronman. Bunday hakamlar bu işlari bilan xalqimizni ğazabiga duçor bölişdi. Şunga qaramay, sportçilarimiz nomardlarça bölgan hakamlikka ham bardoş berib, özini bor irodasini bir muştga yiğib, zör ğalabalarga erişib qaytib kelişdi. Rahmat sizlarga!

Nokas hakamlarni niyati şu ediki, Rio-2016da özini körsatgan boksçilarimizni şunday hakamlikdan keyin irodasi sinadi deb öylagan edi. Maqsadlari ham özi şunday edi. Lekin Uluğbek Raşidov, Akbar Jörayev va oxirgi kunda Bahodir Jalolov 2019 yil Mustaqillik kunida prezidentimizga bergan va'dasini bajardi. Miraziz ham, Tursunoy va boşqa sportçilarimiz ham xafa bölişi kerak emas. Hali oldimizda Parij-2024da özimizni körsatişga, ğururlaringni namoyiş etişga imkon bor», - dedi Abdulla Aripov.

Tadbir davomida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, ğolib sportçilar va ularning onalari, Ozodbek Nazarbekov, Yodgor Sa'diyev va Yulduz Usmonova singari san'atkorlar Olimpiada çempionlarini qutlaşdi.

Marosimning aeroportdagi qismi yakunlanib, ğoliblarni taqdirlaş qismi Olimpiya qömitasi binosida davom ettirilişi ma'lum qilindi. U yerda sovrindor sportçilarga prezident sovğasi sifatida «Tahoe», «Trailblazer» avtomobillari va yangi xonadon kalitlari topşirilişi rejalaştirilgan.