Yakşanba kuni toliblar Kunduz viloyati markazini bosib olişgandi. Bir neça soat vaqt ötib Saripul viloyatining şu nomdagi markazi va Tohar viloyati markazi - Talukon boy berildi. Bu şaharlarning barçasi mamlakatning şimoliy qismida joylaşgan. Mahalliy aholi vakillarining ma'lumot berişiça, hozirda suvsiz qolgan Qunduzda toliblar hukumat binolarini qamal qilişgan.

Duşanba kuni «Tolibon» öt oçişni töxtatiş haqidagi çaqiriqlarni yana bir bor inkor etib, Samangon viloyatining 9 ming kişi yaşovçi markazi Aybak şahri egallangani haqida ma'lum qildi.

Mahalliy aholi vakillaridan biri BBC bilan suhbatda Aybakda hukumat askarlari qismi «Tolibon» tomoniga ötib ketgani haqida gapirgan. Mahalliy hukumat şahar vayron bölişi va tinç aholi vakillari orasida qurbonlardan saqlaniş uçun jangsiz taslim bölganini aytişgan. Oqsoqollar guruhi «Tolibon» bilan muzokaralar ötkazişgan.

«Men şahar egallanişi arafasida uydan çiqdim. Ungaça hukumat vakillari, xavfsizlik kuçlari va boşqalar bizga şunçaki xavotirlanmaslik kerakligini aytişgandi», deydi Aybakda yaşovçilardan biri.

«Qömondonlardan biri yoki sobiq senator... U askarlar bilan «Tolibon» tomoniga ötdi, uning qöşini şahar içkarisida edi. Ular toliblar tomoniga ötib, hukumat harbiylariga qarşi kuraşa boşlagaç, barçasi özgardi», deydi guvoh.

Toliblarning keyingi maqsadi - şialar uçun muqaddas hisoblangan Kök masjid joylaşgan Mozori-Şarif hamda Puli-Humri böladi. Bu şaharlardan bir-birini inkor etuvçi ma'lumotlar kelmoqda. Duşanba kuni «Tolibon» Mozori-Şarif qamali uçun qöşimça kuçlar yöl olgani haqida xabar tarqatdi, ammo mahalliy politsiya buni propaganda deb atagan. Balx viloyatidagi (Mozori-Şarif şu viloyat markazi) tojik diasporasi yetakçisi, sobiq dala qömondoni Atto Muhammadiy Nur hukumat kuçlari «sönggi tomçi qoni qolgunça» şaharni himoya qilişi haqida gapirgan.

Duşanba kuni ijtimoiy tarmoqda Mozori-Şarif atrofidagi hududlarda otişma ovozlari eşitilayotgani haqidagi video tarqaldi. Bu videoning haqqoniyligi tasdiqlanmagan.