Financial Times va Bloomberg naşrlari hisob-kitoblariga köra, Xitoyning yuqori texnologiyalar sohasida işlovçi yetakçi tadbirkorlarining umumiy boyligi iyun oxiridan beri 87 mlrd dollarga kamaydi. Aynan öşanda Xitoy hukumati uşbu sohaga bosimni kuçaytirişga kirişgan.
Iyunning ikkinçi yarmida Xitoyda Didi taksi xizmatiga nisbatan antimonopol tergov boşlangandan keyin mamlakatning yetakçi 20 nafar texnomagnati boyligi yuqori texnologiya kompaniyalari aksiyalari arzonlaşişi ortida 16 foizga qisqargan.
Bu bosimdan Pinduoduo onlayn-riteyler asosçisi Kolin Xuan eng köp zarar körgan: u öz boyligining uçdan bir qismini, ya'ni 15,6 mlrd dollar yöqotgan. Tencent internet-giganti asosçisi Poni Ma öz boyligining 20 foizini yoki 12 mlrd dollar yöqotgan. Alibaba asosçisi Jyek Maning boyligi iyun oxiridan beri 2,6 mlrd dollarga qisqargan. Umuman olganda, Ma 2020 yil noyabrda hukumat bosimi tufayli öziga tegişli Ant Financial kompaniyasi IPÖsini bekor qilişiga töğri kelgandan keyin 13 mlrd dollar yöqotgan.
Köpçilik ekspertlarning fikriça, Ant Financial bilan boğliq vaziyat va Maga nisbatan tergov boşlanişi jadal rivojlanayotgan haytek sohasiga hukumat bosimining boşlanişiga sabab bölgan.












