Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat limon köçatlarini yetiştiriş va limon yetiştiruvçi issiqxona xöjaliklarini taşkil etişni jadal rivojlantiriş, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltiriş hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oşiriş maqsadida qabul qilingan.
U bilan quyidagi özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi:
Prezidentning 19.02.2020 yildagi PQ-4610-son qarorida 4-band 2021-2022 yillarda "Turonbank" ATB tomonidan moliyalaştiriş hisobiga taşkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz körsatkiçlari bilan töldirildi.
Yangi limonzorlarni barpo etiş va köçatlarni xarid qiliş bilan boğliq hamda limon mevasini eksport qiliş (temir yöl va aviatsiya transporti bilan) bilan boğliq xarajatlar subsidiya sifatida ularni yetiştiruvçi jismoniy şaxslarga ham qoplab beriladi.
Yangi limonzorlarni barpo etiş va köçatlarni xarid qiliş bilan boğliq xarajatlar har bir sotixi uçun 300 ming sömdan oşmaydigan miqdori (ilgari - har bir gektar uçun 30 mln sömdan oşmaydigan miqdorda) subsidiya sifatida Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan qoplanadi.
7-band xatboşi bilan töldirildi, unga muvofiq Moliya vazirligi hamda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi "Turonbank" ATBga Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan ajratilgan 357,8 mlrd söm ekvivalentidagi qoldiq mablağlarni jamğarmaning bank ustav kapitalidagi uluşini oşiriş uçun yönaltiradi.








